Jahon

Yevropadagi jaziramadan so‘ng Fransiya janubida o‘rmon yong‘inlari avj oldi

Mamlakatda 8,7 ming gektar maydon yonib ketgan. Shundan 1,2 ming gektari chorshanba kungi yong‘inlar oqibatida zararlangan.

Yevropadagi jaziramadan so‘ng Fransiya janubida o‘rmon yong‘inlari avj oldi

Yevropadagi kuchli jaziramadan so‘ng Fransiyaning O‘rta yer dengizi bo‘yidagi hududlarida bir nechta yirik o‘rmon yong‘inlari yuz berdi. Yong‘inlarni o‘chirishga 2 ming nafar o‘t o‘chiruvchi jalb etilgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Ispaniya chegarasi yaqinidagi Kanet-an-Russiyon shahrida omborxonalar va marinadagi yaxta yonib ketgan. Qalin tutun sohil bo‘ylab tarqalgan. Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, shahardagi kempinglardan 1,5 ming kishi evakuatsiya qilingan, Perpinyan aeroporti esa vaqtincha yopilgan.

 

Kunning avvalida o‘t o‘chiruvchilar Fransiyaning ikkinchi yirik shahri Marsel chekkasidagi ikki yong‘inni nazorat ostiga oldi. Biroq Aude departamentidagi yirik yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda.

 

Fransiya bosh vaziri Sebastyen Lekornu Marselda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakat meteorologiya xizmati esa kelasi haftada yana bir ekstremal issiq to‘lqini kuzatilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

 

Bosh vazirning ma’lum qilishicha, joriy mavsum boshidan buyon Fransiyada 8,7 ming gektar maydon yonib ketgan. Shundan 1,2 ming gektari faqat chorshanba kungi yong‘inlar oqibatida zararlangan.

 

Jahon meteorologiya tashkiloti avvalroq iyun oyi oxirida G‘arbiy Yevropada kuzatilgan rekord darajadagi jazirama uzoq davom etadigan issiq ob-havo, past namlik va quruq o‘simlik qoplami sabab o‘rmon yong‘inlari xavfini yanada oshirishi haqida ogohlantirgan edi.

 

Kanet-an-Russiyondagi yong‘inni o‘chirish uchun to‘rtta vertolyot jalb etilgan, uchta Canadair yong‘in o‘chirish samolyoti esa shay holatda saqlanmoqda.

 

Aude departamentida yong‘in qariyb 900 gektar maydonni qamrab olgan. Soatiga 70 kilometr tezlikda esayotgan shamol qariyb 700 nafar o‘t o‘chiruvchining ishini qiyinlashtirmoqda.

 

Fransiya sog‘liqni saqlash idoralari hisob-kitobiga ko‘ra, avvalgi jazirama to‘lqini mamlakatda kamida ming nafar qo‘shimcha o‘lim holatiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.