Jahon

AQSH Nigeriyadan harbiylarining asosiy qismini olib chiqdi

AQSH Nigeriyada ISHIDga qarshi bir necha oy davom etgan qo‘shma harbiy operatsiya yakunlangach, mamlakatga yuborilgan harbiy xizmatchilarining asosiy qismini olib chiqdi.

AQSH Nigeriyadan harbiylarining asosiy qismini olib chiqdi

AQSH joriy yil boshida Nigeriyaga yuborgan harbiy xizmatchilarining aksariyatini mamlakatdan olib chiqdi. Ular IShID jangari guruhlariga qarshi kurashda Nigeriya xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun safarbar etilgan edi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

O‘tgan yil dekabr oyida AQSH va Nigeriya harbiylari Chad ko‘li havzasida qo‘shma operatsiyani boshlagan. Operatsiya doirasida Rojdestvo kuni jangarilar nishonlariga zarbalar berilgan, oradan ikki oy o‘tib esa qariyb 200 nafar amerikalik harbiy Nigeriyaga yuborilgan.

 

Bir necha oy davom etgan operatsiya natijasida “IShID” terrorchilik guruhi yetakchilaridan biri Abu-Bilol al-Minukiy yo‘q qilingan. AQSHning Afrikadagi Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni general Dagvin Anderson operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanganini bildirib, Nigeriyadagi “IShID” rahbariyatiga jiddiy zarba berilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shma amaliyot natijasida guruhning mahalliy qo‘mondonlik tizimi va xalqaro tarmoq bilan aloqalari izdan chiqarilgan.

 

Nigeriya armiyasi vakili general-mayor Maykl Onoja esa BBC’ga bergan izohida amerikalik harbiylarning olib chiqilishi mamlakatning terrorizmga qarshi operatsiyalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi razvedka ma’lumotlari almashinuvi davom etadi.

 

Shu bilan birga, AQSH va Nigeriya olib borgan amaliyotlarga qaramay, jihodchi guruhlar, ayniqsa mamlakatning shimoli-sharqiy hududlarida hujumlarni davom ettirmoqda.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, “IShID” so‘nggi yillarda o‘z faoliyatini Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika davlatlariga yo‘naltirgan. Hozirda guruh hujumlarining qariyb 90 foizi ushbu mintaqada sodir etilmoqda va uning Nigeriyadagi bo‘linmasi eng faol tarmoqlardan biri hisoblanadi.

 

Nigeriya hukumati bir vaqtning o‘zida ekstremistik guruhlar, qurolli banditlar va boshqa jinoiy to‘dalar tahdidiga qarshi kurash olib bormoqda.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.