Sport

“O‘zbekiston katta orzular amalga oshishini butun dunyoga isbotladi” — Infantino

FIFA prezidenti O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatidagi tarixiy ishtiroki bilan tabrikladi.

“O‘zbekiston katta orzular amalga oshishini butun dunyoga isbotladi” — Infantino

 

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston milliy terma jamoasini 2026-yilgi Jahon chempionatidagi tarixiy debyuti munosabati bilan tabriklab, jamoa mamlakat futboli tarixida muhim sahifa ochganini ta’kidladi.

 

U o‘zining rasmiy sahifasida e’lon qilgan murojaatida O‘zbekiston terma jamoasi nafaqat mamlakat futboli, balki butun dunyo uchun katta orzular amalga oshishi mumkinligini namoyon etganini qayd etdi.

 

“Siz butun dunyoga va yurtingizdagi insonlarga har qanday katta orzu amalga oshishi mumkinligini isbotladingiz. FIFA Jahon chempionatidagi ilk golingizga stadionda guvoh bo‘ldim va o‘sha lahzada siz hamda muxlislaringiz qanday hayajonni boshdan kechirganini juda yaxshi his qildim”, — dedi FIFA rahbari.

 

Infantino ushbu tarixiy ishtirok O‘zbekistonda futbolning yanada rivojlanishiga kuchli turtki berishiga ishonch bildirib, milliy terma jamoaga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tiladi.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatining guruh bosqichida ishtirok etdi. Jamoa guruh bosqichida Kolumbiya, Portugaliya hamda Kongo DRga qarshi bahs olib bordi. Terma jamoaning sardori Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga urgan goli esa turnir guruh bosqichining eng chiroyli goli deb topilgan edi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.