Jahon

AQSh Eron bilan muzokaralarda bir haftalik tanaffus qildi — Tramp

Vashington Eron bilan muzokaralarni marhum Oliy rahbarning dafn marosimi sabab vaqtincha kechiktirdi.

AQSh Eron bilan muzokaralarda bir haftalik tanaffus qildi — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eron bilan olib borilayotgan muzokaralarda marhum Oliy rahbar Ali Xomanaiy dafn marosimi munosabati bilan bir haftalik tanaffus qilganini ma’lum qildi.

 

Tramp bu haqda Janubiy Dakota shtatidagi Rushmor tog‘i yaqinida AQSh Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zlagan nutqida gapirgan

“Ular kelishuvni juda xohlayapti. Biz ularga dafn marosimi uchun bir hafta vaqt berdik”, — degan AQSh prezidenti.

 

Shu bilan birga, Tramp muzokaralar rasman to‘xtatilganini yoki tanaffus e’lon qilinganini bevosita tasdiqlamagan. Uning bayonoti AQSh va Eron o‘rtasida davom etayotgan muzokaralar fonida yangragan.

 

Avvalroq, The Wall Street Journal nashri manbalariga tayanib, Tramp Tehron bilan muzokaralar o‘zaro anglashuv memorandumida belgilangan 60 kunlik muddatdan oshib ketishini muammo sifatida ko‘rmayotganini xabar qilgan edi.

 

Eronning marhum Oliy rahbari Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari 3-iyul kuni Tehronda boshlangan. Dafn marosimining asosiy tadbirlari 4–9-iyul kunlari Eronning bir necha shaharida o‘tkazilishi, yakuniy marosim esa Mashhad shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.