O'zbekiston

Qashqadaryoda 9 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida yuzaga kelgan nosozlik oqibatida u o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan jami 9 ta transport vositasi bilan to‘qnashgan.

Qashqadaryoda 9 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

 

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida HOWO rusumli yuk avtomobili ishtirokida zanjirli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

 

Viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 3-iyul kuni soat 14:30 atrofida Shahrisabz tumani hududidan o‘tuvchi 70V010 avtomobil yo‘lining 22-kilometrida yuz bergan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, HOWO rusumli yuk transport vositasining tormoz tizimida yuzaga kelgan nosozlik oqibatida u o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan jami 9 ta transport vositasi — ikki dona LacettiTracker-2Nexia-1Nexia-3MatizDamas va Spark avtomobillari bilan to‘qnashgan.

 

To‘qnashuv zarbasi oqibatida Nexia-1 avtomobili haydovchisi yo‘l chetida harakatlanayotgan piyodani turtib yuborgan.

 

Jabrlangan piyodaga voqea joyida shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida yong‘in chiqdi

Labo qayrilayotgan vaqtda Lacetti va Tracker bilan to‘qnashib ketgan.

custom img

Quvada MIB orqali 200 mln so‘mlik soliq qarzi undirildi

Shundan so‘ng undirilgan pullar davlat byudjetiga yo‘naltirilgan.

custom img

MIB xodimlari o‘quvchilarga maktab sumkalari topshirdi

Tadbir davomida 31 nafar bola o‘quv quroliga ega bo‘ldi.

custom img

Sirdaryoda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota ushlandi

Qidiruv harakatlari natijasida qarzdor ota topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar

Mehmonlarga kelin sarposi, so‘zana, “kelin salom”, “beshik to‘yi” va boshqa milliy an’analar namoyish etildi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"