Jahon

Rossiya Konstantinovka egallanganini ma’lum qildi

Putin shaharning egallanishini strategik yutuq sifatida baholadi.

Rossiya Konstantinovka egallanganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi mamlakat qo‘shinlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi strategik ahamiyatga ega Konstantinovka shahrini nazorat ostiga olganini ma’lum qildi. Kiyev esa hozircha bu da’voga munosabat bildirmadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hisobot bergan Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovning aytishicha, Janubiy qo‘shinlar guruhi Donetsk viloyatini to‘liq egallashga qaratilgan hujum operatsiyalarini davom ettirmoqda.

 

Gerasimov Konstantinovkani Slovyansk–Kramatorsk–Konstantinovka mudofaa chizig‘idagi Ukrainaning asosiy tayanch nuqtalaridan biri deb atadi. Putin esa shahar Donbasning muhim transport va sanoat markazi ekanini ta’kidlab, uning egallanishini strategik yutuq sifatida baholadi.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi Telegram kanalida Konstantinovkada olingani aytilayotgan videolar va suratlarni ham e’lon qildi. Ularda vayron bo‘lgan binolar fonida Rossiya bayroqlarini ko‘tarib turgan harbiylar tasvirlangan.

 

Hisobot davomida Gerasimov Rossiya qo‘shinlari Donetsk viloyatining shimolida joylashgan Liman shahri tomon ham oldinga siljiyotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, ushbu shahar keyingi harbiy harakatlar uchun muhim logistika va strategik ahamiyatga ega.

 

Yig‘ilishda Rossiyaning shimoliy qo‘shinlari qo‘mondoni Yevgeniy Nikiforov Ukraina dronlarining Rossiya neft infratuzilmasiga uyushtirayotgan hujumlarini to‘liq to‘xtatishga hali imkoni bo‘lmaganini aytdi. Bunga javoban Putin Ukraina zarbalari davom etsa, Rossiya qo‘shni hududlarda xavfsizlik zonalarini yanada kengaytirishini bildirdi.

 

Nikiforovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Xarkiv va Sumi viloyatlaridagi chegara hududlarida ham oldinga siljimoqda.

 

Ayni paytda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va boshqa rasmiylar Rossiyaning sharqiy frontdagi hujumlari yil boshidan beri sezilarli darajada sekinlashgani va Ukraina kuchlari ayrim hududlarni qayta nazoratga olganini ta’kidlab kelmoqda. Putin esa bu bayonotlarni "axborot kampaniyasi" deb baholadi.

 

Shuningdek, Zelenskiy o‘tgan oy Putinga bevosita uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgani, biroq Kreml bu taklifni rad etgani qayd etildi.

 

AQSh vositachiligida tinchlik muzokaralarini tiklash jarayoni Eron atrofidagi mojaro sabab vaqtincha to‘xtab qolgan. Shunga qaramay, Moskva va Kiyev AQShning maxsus vakillari Stiv Uitkoff hamda Jared Kushnerning yaqin kunlarda tashrif buyurishini kutayotganini ma’lum qilgan.

 

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"