O'zbekiston

O‘zbekistonda 2,5 ming nomdagi retseptli dorilar narxi pasaytirildi

Retsept asosida sotiladigan dori vositalarining cheklangan narxlari pharm.gov.uz saytida e’lon qilingan.

O‘zbekistonda 2,5 ming nomdagi retseptli dorilar narxi pasaytirildi

2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistondagi dorixonalarda retsept asosida sotiladigan 2 ming 500 nomdagi dori vositalari narxlari pasaytirildi. Bu haqda Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

 

Agentlik matbuot kotibi Anvarxon Akabirovning ma’lum qilishicha, qator turdagi dori vositalari uchun yangi referent narxlar belgilangan. Unga ko‘ra, antibiotiklar va mikroblarga qarshi vositalar narxi 50,1 foizgacha, yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan dorilar 37 foizgacha, asab tizimi dori vositalari 40 foizgacha, yallig‘lanishga qarshi hamda og‘riq qoldiruvchi preparatlar esa 42 foizgacha arzonlashtirilgan.

 

Agentlik vakilining ta’kidlashicha, yangi referent narxlar kuchga kirgani sababli mazkur dori vositalarini avval amal qilgan referent narxlarda realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Soliq qo‘mitasining axborot tizimlarida referent narxlardan yuqori qiymatda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar avtomatik nazorat qilinadi va ularni yuborish imkoniyati cheklanadi.

 

Qayd etilishicha, dori vositalari narxlarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyoti davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz oshirilishining oldini olish va farmatsevtika bozorida shaffoflikni ta’minlash maqsadida referent narxlarni shakllantirish tizimi joriy etilgan.

 

Referent narxlarni hisoblashda xalqaro amaliyot asos qilib olinadi. Bunda avvalo referent davlatlardagi o‘rtacha narxlar, dori ishlab chiqarilgan mamlakatdagi qiymatlar hamda so‘nggi bir yil davomida O‘zbekistonga import qilingan dori vositalari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar narxlari inobatga olinadi.

 

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, retsept asosida sotiladigan dori vositalarining cheklangan narxlari pharm.gov.uz saytida e’lon qilingan. Shuningdek, fuqarolar “PharmUz” mobil ilovasi orqali retseptli dorilarning belgilangan cheklangan narxlari va amaldagi chakana narxlarini solishtirib, ularni mustaqil tekshirishi mumkin.

 

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.