Jahon

Tramp Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi

Alohida o‘tkazilgan suhbatlarda Ukrainadagi urushni tugatish istiqbollari, tinchlik muzokaralari hamda Eron atrofidagi vaziyat muhokama qilindi.

Tramp Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida Ukrainadagi urush, Eron atrofidagi vaziyat hamda tinchlik muzokaralari masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, Putin Trampga Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Donetsk viloyatidagi strategik ahamiyatga ega Konstantinovka shahrini nazoratga olgani haqida axborot bergan. Biroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va mamlakat Qurolli kuchlari Bosh shtabi bu da’voni rad etib, shahar hanuz Ukraina nazorati ostida ekanini ta’kidladi. 

 

Moskva Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha har qanday kelishuv Rossiyaning Donbass ustidan to‘liq nazoratini tan olishni o‘z ichiga olishi kerakligini qayta bildirgan. Kiyev esa bunday talabni qabul qilmayapti. 

 

Avvalroq Zelenskiy Putinni yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishga chaqirgandi, ammo Kreml bu taklifni rad etgan. Ushakovning aytishicha, Tramp AQShning maxsus vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kushner tinchlik muzokaralarini davom ettirish uchun yana Moskvaga borishga tayyorligini bildirgan. 

 

So‘nggi haftalarda Vashingtonning diplomatik sa’y-harakatlari asosan Eron bilan bog‘liq vaziyatga qaratilgani sababli Ukraina bo‘yicha muzokaralar sustlashgan. Putin, shuningdek, AQShning Eron mojarosini diplomatik yo‘l bilan hal etishga qaratilgan urinishlari asosiy masalalar bo‘yicha uzoq muddatli va o‘zaro maqbul yechim topishga xizmat qilishiga umid bildirgan. 

 

Suhbat davomida Rossiya prezidenti Donald Trampga Moskvaga tashrif buyurish taklifi hamon o‘z kuchida ekanini eslatgan. O‘z navbatida, Volodimir Zelenskiy Tramp bilan bo‘lib o‘tgan muloqotni "juda yaxshi" deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar frontdagi vaziyatni, jumladan, qariyb 1200 kilometrga cho‘zilgan jang chizig‘ini muhokama qilgan. 

 

"Bu urushni yakunlash uchun haqiqiy imkoniyat mavjud. Bu jarayonda AQShning qat’iy pozitsiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi", — dedi Zelenskiy. 

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki davlat rahbari NATO sammiti doirasida muzokaralarni davom ettirishga kelishib olgan.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.