O'zbekiston

O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,27 mln gektarda o‘rmon barpo etiladi

Surxondaryoda 10 ming gektar yashil hudud barpo etish, Sirdaryoda 84 kilometrlik "yashil devor" yaratish hamda Orolning qurigan tubida ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish taklif etildi.

O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,27 mln gektarda o‘rmon barpo etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev cho‘llanishga qarshi kurashish, cho‘l iqtisodiyotini rivojlantirish hamda shaharlarda "yashil shahar" tamoyillarini joriy etish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Qayd etilishicha, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, yerlarning degradatsiyasi va cho‘llanish mintaqadagi eng dolzarb ekologik muammolardan biri bo‘lib, qishloq xo‘jaligi barqarorligi, oziq-ovqat xavfsizligi, aholi salomatligi va hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududining qariyb 80 foizi cho‘l va yarim cho‘l maydonlaridan iborat. Yerlarning sho‘rlanishi, qum ko‘chishi, chang bo‘ronlari va garmsellar, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hamda Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida jiddiy ekologik xavf tug‘dirmoqda.

 

Taqdimotda 2026–2030-yillarda cho‘llanishga qarshi kurashish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 1,27 million gektar maydonda o‘rmonlar barpo etish va qayta tiklash, shuningdek, cho‘l, tog‘ va tog‘oldi hududlarida 16 ming gektar himoya o‘rmonzorlari yaratish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 10 ming gektar maydonda yashil qoplamalar barpo etish, Sirdaryo viloyatining chegaradosh hududlarida 84 kilometrlik "yashil devor" yaratish, tog‘ va tog‘oldi hududlarida "terrasa" usulida daraxt va butalar ekish hamda degradatsiyaga uchragan yerlarda zamonaviy agrotexnologiyalarni sinovdan o‘tkazish taklif etildi.

 

Prezident cho‘l hududlariga faqat ekologik muammo sifatida emas, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlar manbai sifatida qarash zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda "cho‘l iqtisodiyoti" yondashuvini rivojlantirish, sho‘rlangan va qo‘riq yerlarda barqaror daromad manbalarini yaratish, cho‘l o‘simliklari urug‘chiligi va ko‘chatchiligini yo‘lga qo‘yish, galofit o‘simliklarni yetishtirish, yaylovlar mahsuldorligini oshirish, chorvachilik, ekologik turizm hamda ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

 

Bu borada Qoraqalpog‘istonda cho‘l o‘simliklari ko‘chatxonalarini tashkil etish, Orol dengizining qurigan tubida ilmiy ekspeditsiyalar o‘tkazish, Bobotog‘ hududida zamonaviy usullar asosida pista plantatsiyalarini rivojlantirish va galofit bog‘lari tarmog‘ini kengaytirish taklif qilindi. 

 

Shuningdek, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar va urug‘lar bo‘yicha mintaqaviy bank yaratish, xalqaro fondlar hamda xususiy investitsiyalarni jalb etish masalalari ham muhokama qilindi.

 

Taqdimotda Markaziy Osiyo davlatlari bilan ekologik hamkorlikni kuchaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, cho‘llanishga qarshi kurashish va cho‘l iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini kengaytirish, "Yashil qalqon" mintaqaviy dasturi doirasidagi amaliy loyihalarni ko‘paytirish hamda 2040-yilgacha mo‘ljallangan cho‘llanishga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish tashabbuslari ilgari surildi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.