Jinoyat

Toshkentda 18 yoshli qizni shantaj qilib, 300 dollar talab qilgan yigit ushlandi

U qizning shaxsiy foto va videolarini internetda tarqatish bilan tahdid qilib, undan pul undirishga uringan.

Toshkentda 18 yoshli qizni shantaj qilib, 300 dollar talab qilgan yigit ushlandi

Toshkent shahrida Instagram orqali tanishgan voyaga yetmagan qizni shaxsiy foto va videolarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, undan pul talab qilgan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2008-yilda tug‘ilgan qiz Instagram orqali yigit bilan tanishgan. Keyinchalik yigit jiddiy munosabat o‘rnatish niyatida ekanini aytib, undan behayo foto va videolar yuborishni so‘ragan.

 

Oradan vaqt o‘tgach, u qizdan 300 AQSH dollari talab qilgan. Aks holda, telefonida saqlanayotgan foto va videolarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan.

 

Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan Sergeli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi talab qilgan pulning 200 AQSH dollarini olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunda belgilangan tartibda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Ichki ishlar vazirligi ota-onalarni farzandlarining internetdagi muloqotlari va ijtimoiy tarmoqlardagi faolligiga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, tovlamachilik yoki boshqa turdagi jinoyatlar haqida ma’lumotga ega fuqarolardan ichki ishlar organlariga murojaat qilish so‘raldi.

custom img

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Holat yuzasidan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkentda 3 yoshli o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U o‘g‘liga uxlatuvchi dori berib, uni qarovsiz qoldirib kelgani aniqlandi.

custom img

Toshkentda “Izzat Nazarbek” laqabli shaxs qo‘lga olindi

U bir necha fuqarodan qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali yirik miqdorda pul talab qilgan. Tezkor tadbir davomida undan ikki dona to‘pponcha va o‘q-dorilar ham aniqlangan.

custom img

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi

Aripov Mansur noturar joyni avval o‘z nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik uni asl egasiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan.

custom img

Rossiyada terakt rejalashtirgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan surxondaryolik 4 yigit qamaldi

Tergovda ularning aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgani va yangi a’zolarni guruhga jalb qilgani aniqlangan.

custom img

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Ayrim xodimlarga ishlamagan davri uchun ish haqi va qonunchilikka zid ravishda rag‘batlantirish pullari to‘langan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

custom img

Toshkentda mast yigit keksa ayolga nisbatan uyatsiz harakat sodir etganlikda gumonlanmoqda

Holat yuzasidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborildi.

custom img

Sirdaryoda sobiq murabbiyi shilqimlik qilgan qizga tayinlangan jarima bekor qilindi

Murabbiy 5 sutkaga qamaldi. Qiz xiyobonda baqir-chaqir qilgani uchun jarimaga tortilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"