O'zbekiston

Namanganda 27 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchi voyaga yetmagan bolalarga oyiga 100 AQSH dollari evaziga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan.

Namanganda 27 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan shaxs ushlandi

 

Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida voyaga yetmagan bolalarga noqonuniy diniy ta’lim berish holati aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Namangan viloyati IIB, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qonunga zid diniy ta’lim tashkil etilgani fosh etilgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Yangi Namangan tumanining Yangi Zamin mahallasida yashovchi fuqaro joriy yilning iyun oyidan buyon o‘z xonadonida 27 nafar voyaga yetmagan bolaga oyiga 100 AQSH dollari evaziga noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229²-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, noqonuniy diniy ta’lim olgan 27 nafar voyaga yetmaganning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

custom img

Toshkent viloyatida uchta avtomobil to‘qnashuvi oqibatida yong‘in chiqdi

Labo qayrilayotgan vaqtda Lacetti va Tracker bilan to‘qnashib ketgan.

custom img

Quvada MIB orqali 200 mln so‘mlik soliq qarzi undirildi

Shundan so‘ng undirilgan pullar davlat byudjetiga yo‘naltirilgan.

custom img

MIB xodimlari o‘quvchilarga maktab sumkalari topshirdi

Tadbir davomida 31 nafar bola o‘quv quroliga ega bo‘ldi.

custom img

Sirdaryoda aliment to‘lashdan qochib yurgan ota ushlandi

Qidiruv harakatlari natijasida qarzdor ota topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari “Oxun Guzar” shourumiga tashrif buyurdilar

Mehmonlarga kelin sarposi, so‘zana, “kelin salom”, “beshik to‘yi” va boshqa milliy an’analar namoyish etildi.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"