Sport

Tramp yordam berolmadi — Belgiya AQSHni yirik hisobda mag‘lub etdi

JCH-2026 chorak finalida Belgiya va Ispaniya o‘zaro kuch sinashadi.

Tramp yordam berolmadi — Belgiya AQSHni yirik hisobda mag‘lub etdi

 

AQSH, Kanada va Meksikada davom etayotgan 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Belgiya terma jamoasi mezbonlardan biri bo‘lgan AQSHni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

 

Uchrashuv qahramoni belgiyalik hujumkor yarim himoyachi Charlz De Ketelaere bo‘lib, u ikkita gol muallifiga aylandi. Yana ikki golni Hans Vanaken hamda zaxiradan maydonga tushgan Romelu Lukaku kiritdi. AQSH safidagi yagona gol esa Malik Tillman tomonidan jarima zarbasidan urildi.

 

Mazkur g‘alaba evaziga Belgiya chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va endi Ispaniya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ispaniya 1/8 finalda Portugaliyani mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olgandi. Chorak final uchrashuvi 10-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

 

AQSH uchun esa ushbu mag‘lubiyat o‘z maydonida o‘tayotgan Jahon chempionatidagi ishtirokning yakunlanishini anglatdi.

 

Uchrashuv oldidan amerikalik hujumchi Folarin Balogun bilan bog‘liq vaziyat ham muhokamalarga sabab bo‘ldi. U avvalgi o‘yinda qizil kartochka olgani bois Belgiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi kutilayotgan edi. Biroq FIFA uning diskvalifikatsiyasini bekor qildi va futbolchi uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. Bu qaror AQSH prezidenti Donald Trampning FIFA rahbariyati bilan muloqoti ortidan qabul qilingan.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"