Jahon

BMT Sudandagi RSF qurolli guruhi harakatlarini genotsid sifatida baholadi

BMT missiyasi joriy yil fevralida e’lon qilgan hisobotida ham Al-Fashir bosib olinganida arab bo‘lmagan jamoalarga qarshi sodir etilgan ommaviy qotilliklarda genotsid alomatlari mavjudligini qayd etgan edi.

BMT Sudandagi RSF qurolli guruhi harakatlarini genotsid sifatida baholadi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Sudandagi Faktlarni aniqlash missiyasi Tezkor harakat kuchlarining (RSF) Shimoliy Darfurdagi Al-Fashir shahrida sodir etgan ommaviy qotilliklari, ayollar va qizlarni o‘g‘irlashi, guruh bo‘lib zo‘rlash hamda aholini ataylab ochlikka mahkum etish harakatlari genotsid belgilariga ega ekanini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

 

Hisobotda qayd etilishicha, Sudan armiyasi bilan uch yildan ortiq davom etayotgan fuqarolar urushida qatnashayotgan RSF o‘tgan yili uzoq davom etgan qamaldan so‘ng Al-Fashirni egallab olgan. Missiya to‘plagan dalillarga ko‘ra, shahar qamali davomida gumanitar yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qilingan, oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimlari o‘qqa tutilgan va ochlik urush quroli sifatida qo‘llangan.

 

Tirik qolganlarning ko‘rsatmalarida zo‘ravonliklar ko‘lami ham aks etgan. Ularning aytishicha, ayrim ayollar va qizlar yaqinda o‘ldirilgan tinch aholi, jumladan, oila a’zolarining jasadlari yotgan xonalarda zo‘rlangan.

 

BMT missiyasi avvalroq, joriy yil fevralida e’lon qilgan hisobotida ham Al-Fashir bosib olinganida arab bo‘lmagan jamoalarga qarshi sodir etilgan ommaviy qotilliklarda genotsid alomatlari mavjudligini qayd etgan edi. Yangi hisobotda esa keng ko‘lamli qotilliklar, ommaviy zo‘rlashlar va ataylab ochlikka mahkum etish oldindan rejalashtirilgan siyosatning bir qismi bo‘lgani haqidagi qo‘shimcha dalillar keltirilgan.

 

RSF o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib, bunday da’volar dushmanlari tomonidan to‘qib chiqarilganini bildirdi.

 

Shu bilan birga, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Volker Turk Shimoliy Kordofan shtatining Al-Ubayd shahri atrofida ham shunga o‘xshash gumanitar falokat yuzaga kelayotganidan ogohlantirdi. Uning idorasi hududda sudsiz qatl etish, odam o‘g‘irlash, qiynoqlar va jinsiy zo‘ravonlik holatlarini hujjatlashtirgan.

 

BMT Inson huquqlari kengashi zo‘ravonliklarni qoralab, Al-Ubayd atrofida sodir etilgan ehtimoliy huquqbuzarliklar yuzasidan shoshilinch tekshiruv boshlashga qaror qildi. Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar esa RSF ushbu hududga kuch to‘playotgani fonida keng ko‘lamli vahshiyliklar sodir etilishi xavfi haqida ogohlantirdi.

 

BMT Faktlarni aniqlash missiyasi raisi Muhammad Chande Usmon Al-Fashirda qayd etilgan qamal, fuqarolik infratuzilmasiga hujumlar, gumanitar yordamga to‘sqinlik qilish va tinch aholiga nisbatan keng ko‘lamli zo‘ravonliklar jiddiy ogohlantirish bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.