Jahon

Pokistonda yuk samolyoti bedarak yo‘qoldi

Parvoz vaqtida navigatsiya tizimidagi nosozlik haqida dispetcherlarga xabar bergan samolyot bilan bir necha daqiqadan so‘ng aloqa uzilgan.

Pokistonda yuk samolyoti bedarak yo‘qoldi


 
Pokiston qutqaruv xizmatlari Arab dengizi ustida radar aloqasini yo‘qotgan K2 Airways aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-400 yuk samolyotini qidirishni davom ettirmoqda. Samolyot bortida besh nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.


 
Pokiston aeroportlari ma'muriyati ma'lumotiga ko‘ra, samolyot 7-iyul kuni BAAning Sharja shahridan Karachiga parvoz qilayotgan vaqtida navigatsiya tizimida nosozlik yuzaga kelgani haqida dispetcherlarga xabar bergan. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, havo kemasi bilan aloqa uzilgan. Flightradar24 ma'lumotlari samolyot aloqa uzilishidan avval balandlikni keskin o‘zgartirganini, so‘ng esa Arab dengiziga tomon juda tez pasayganini ko‘rsatmoqda.


 
Pokiston harbiy-dengiz kuchlari, harbiy havo kuchlari va boshqa davlat idoralari ishtirokida keng ko‘lamli qidiruv-qutqaruv amaliyoti olib borilmoqda. Qidiruv ishlariga PNS Zulfiqar harbiy kemalari, razvedka samolyotlari hamda savdo kemalari jalb qilingan. Biroq kuchli musson shamollari va dengizdagi noqulay ob-havo qutqaruv ishlarini murakkablashtirmoqda.


 
Rasmiylar hozircha samolyotning qulaganini rasman tasdiqlamagan. Shu bilan birga, qidiruv ishlari asosan Karachidan taxminan 155 dengiz mili (qariyb 287 kilometr) janubi-g‘arbdagi hududda olib borilmoqda.


 
K2 Airways aviakompaniyasi hukumat idoralari bilan hamkorlik qilayotganini bildirib, ekipaj a'zolarining omon qolishiga umid qilayotganini ma'lum qildi. Reuters xabariga ko‘ra, bedarak yo‘qolgan Boeing 737-400 ushbu xususiy aviakompaniyaning yagona samolyoti bo‘lgan.


 
Aviatsiya mutaxassislari samolyotning qisqa vaqt ichida keskin balandlik yo‘qotishi odatiy dvigatel nosozligiga xos emasligini ta'kidlamoqda. Hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov samolyot topilgandan keyingina boshlanishi mumkin.

 

Bu voqea Pokistonda 2020-yilda Karachi shahrida yuz bergan va 97 kishining hayotiga zomin bo‘lgan Pakistan International Airlines samolyoti halokatidan beri mamlakatdagi ilk yirik aviatsiya hodisasi bo‘lishi mumkin.

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

Ukrainaga yangi prezident kerak — Tramp

U Zelenskiyni urushni tugatishga intilmayotganlikda aybladi.

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Rossiyaning Ukrainaga hujumi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi: bolalar ham bor

Zelenskiy Rossiyaning hujumini AQSHning sanksiyalarni yumshatish qarori bilan bog‘ladi.

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.