O'zbekiston

Qashqadaryoda Nexia-2 avtomobilidagi gaz balloni portladi, bir kishi halok bo‘ldi

Yana ikki nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Qashqadaryoda Nexia-2 avtomobilidagi gaz balloni portladi, bir kishi halok bo‘ldi

 

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida harakatlanayotgan Nexia-2 rusumli avtomobilga o‘rnatilgan metan gaz balloni yorilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

 

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 8-iyul kuni soat 07:32 atrofida Muborak tumani “Quruvchilar” MFY hududidan o‘tuvchi A-380 “Qarshi–Buxoro” avtomobil yo‘lining 128-kilometrida sodir bo‘lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi shahridan Buxoro viloyati tomon harakatlanayotgan, Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Nexia-2 avtomobiliga o‘rnatilgan metan gaz balloni portlagan.

 

Hodisa oqibatida avtomobilda bo‘lgan bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan. Yana ikki nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olib, Muborak tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

 

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Muborak tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Yangi Toshkentda “Ozarbayjon” bog‘i barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev bo‘lajak bog‘ hududida ramziy kapsulani joylashtirib, loyihani amalga oshirishga start berdi.

custom img

Yangi Toshkent loyihasi Ozarbayjon Prezidentiga taqdimot qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurdi.

custom img

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari OAV vakillari bilan uchrashdi

Ikki mamlakat yetakchilari muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangani tarixiy tashrifning eng muhim natijasi sifatida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston noyob Qur’on yaratish bo‘yicha jahon xattotlari tanlovini e’lon qiladi

Tanlov “Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar” xalqaro mediaforumi doirasida o‘tkaziladi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti Ko‘ksaroyda tantanali kutib olindi

Suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

custom img

Ozarbayjon Prezidenti rafiqasi bilan Toshkentga keldi

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazib, Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

custom img

OTMlarda qolgan bo‘sh o‘rinlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu o‘rinlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish 22-avgustdan boshlangan.

custom img

Shaxmat bo‘yicha “O‘zbekgidroenergo” AJ ochiq chempionati g‘oliblari aniqlandi

Chempionat “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"