Jahon

AQShga qilingan har bir hujumga Eronga 20 karra zarba beramiz — Tramp

AQSh prezidenti Eronni yangi hujumlardan ogohlantirib, harbiy javob yanada keskin bo‘lishini bildirdi.

AQShga qilingan har bir hujumga Eronga 20 karra zarba beramiz — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan har qanday hujumga keskin javob qaytarilishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar har bir hujum evaziga Eronga 20 baravar zarba berishga tayyor.

 

Tramp bu haqda Turkiyada o‘tkazilgan NATO sammitidan so‘ng prezident samolyoti bortida jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida bayonot bergan.

 

“Biz ularga qattiq zarba berdik. Bu ularning kecha qilgan harakatlariga javob edi. Ular uchta kemaga hujum qilishdi. Agar ular bizga yana zarba bersa, biz ularga 20 marta zarba beramiz”, — dedi AQSh prezidenti.

 

Shuningdek, u AQSh va Eron o‘rtasidagi keng ko‘lamli harbiy mojaro qayta boshlanishi ehtimoli haqida aniq prognoz bera olmasligini bildirib, bunday vaziyat yuzaga kelgan taqdirda AQSh tezkor ustunlikka erishishiga ishonch bildirdi.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron vakillari Vashington bilan ehtimoliy kelishuv masalasida aloqaga chiqqan. Biroq u Tehronning bunday kelishuvga sodiq qolish-qolmasiga shubha bildirgan.

 

Avvalroq AQSh Markaziy qo‘mondonligi Amerika harbiylari Eronning Hormuz bo‘g‘ozidagi harbiy imkoniyatlarini cheklash maqsadida zarbalarni qayta boshlaganini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Donald Tramp 8-iyul kuni Eron bilan sulh amalda o‘z kuchini yo‘qotganini bildirgan.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Chet elliklar va diplomatlar Ukrainada qolmasligi kerak — Rossiya TIV

Rossiya tomoni Kiyevda yangi yirik zarbalar xavfi mavjudligini bildirib, chet elliklarni Ukrainaga bormaslik va mamlakatda qolmaslikka chaqirdi.