Jahon

Eronda Xomanaiyning dafn marosimidan so‘ng otishma yuz berdi

Imom Rizo maqbarasidan 15 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

Eronda Xomanaiyning dafn marosimidan so‘ng otishma yuz berdi

 

Eronning Mashhad shahrida sobiq Oliy rahbar Ali Xomanaiyning dafn marosimi yakunlanganidan so‘ng sodir bo‘lgan otishma oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sabereen News Razaviy Xuroson viloyati xavfsizlik masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa Mashhadning g‘arbiy qismidagi Sarfarzan tumanida, Imom Rizo maqbarasi majmuasidan 15 kilometrdan ortiq masofada sodir bo‘lgan. Hozircha otishma sabablari hamda halok bo‘lganlarning shaxsi rasman ochiqlanmagan.

 

Rasmiylarning bildirishicha, Imom Rizo maqbarasi hududida yoki dafn marosimi o‘tkazilgan yo‘nalishda xavfsizlik bilan bog‘liq hech qanday hodisa qayd etilmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Ali Xomanaiyning dafn marosimi 9-iyul kuni Mashhadda yakunlandi. U joriy yil 28-fevral kuni AQSh va Isroil tomonidan Tehronga uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida halok bo‘lgan edi. Dafn marosimi Imom Rizo maqbarasi hududida o‘tkazilib, marosim shaharning markaziy ko‘chalari bo‘ylab bir necha kilometrga cho‘zilgan.

 

Hozirda Eron huquqni muhofaza qiluvchi organlari otishma yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.