Sport

JCH–2026: So‘nggi daqiqalardagi gol Ispaniyani yarim finalga olib chiqdi

Ispaniya terma jamoasi Belgiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

JCH–2026: So‘nggi daqiqalardagi gol Ispaniyani yarim finalga olib chiqdi

 

Ispaniya terma jamoasi 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati chorak finalida Belgiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning yarim finaliga yo‘l oldi.

 

AQShning Inglevud shahridagi SoFi Stadiumda bo‘lib o‘tgan uchrashuvni angliyalik hakam Maykl Oliver boshqarib bordi.

 

Hisob uchrashuvning 30-daqiqasida Ispaniya yarim himoyachisi Fabian Ruis tomonidan ochildi. Belgiya esa birinchi bo‘lim yakunlanishidan oldin javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. 41-daqiqada hujumchi Sharl De Ketelar hisobni tenglashtirdi.

 

Ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasida Belgiya darvozaboni Tibo Kurtua jarohat sabab maydonni tark etdi va uning o‘rniga Senne Lammens maydonga tushdi.

 

Uchrashuv taqdiri asosiy vaqt yakunlanishiga oz qolganida hal bo‘ldi. 88-daqiqada Lammensning xatosidan unumli foydalangan Mikel Merino Ispaniya terma jamoasining g‘alaba golini kiritdi va jamoasini yarim finalga olib chiqdi.

 

Mazkur g‘alabadan so‘ng Ispaniya terma jamoasi 14-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan yarim final bahsida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

 

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Musobaqa finali 19-iyul kuni Nyu-York shtatining Sharqiy Rezerford shahrida bo‘lib o‘tadi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"