Jinoyat

Andijonda sobiq erini o‘ldirish uchun 3 ming dollarga qotil yollagan ayol ushlandi

Ayol uy-joy nizosi sabab erini qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan.

Andijonda sobiq erini o‘ldirish uchun 3 ming dollarga qotil yollagan ayol ushlandi

Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan ayol sobiq turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirishni rejalashtirgani aniqlanib, tezkor tadbir davomida ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ayol o‘zi bilan birga yashab kelayotgan 1972-yilda tug‘ilgan sobiq turmush o‘rtog‘ini uy-joy bilan bog‘liq nizo sabab o‘ldirishni rejalashtirgan va buning uchun 3 ming dollar evaziga yollanma qotil izlagan.

 

Tezkor ma’lumotlar asosida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan maxsus tadbir o‘tkazilib, unga shartli yollanma qotil jalb etilgan. Ayol 10-iyul kuni Asaka tumanidagi turarjoy majmualaridan biri oldida qotillikni amalga oshirishi kerak bo‘lgan shaxs bilan uchrashib, xizmat haqi sifatida dastlab 5 million so‘m bergan. Shuningdek, qolgan mablag‘ni sobiq erining o‘ldirilganiga ishonch hosil qilganidan keyin to‘lashini bildirib, tilxat yozib bergan.

 

11-iyulga o‘tar kechasi o‘tkazilgan tezkor tadbirda shartli yollanma qotil erkakni go‘yoki o‘ldirilgandek grim yordamida tasvirlab, buyurtmachi ayolni voqea joyiga chaqirgan. Ayol sobiq erining o‘lganiga ishongach, kelishilgan pullarni berishini aytib avtomashinaga o‘tirgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi ikkinchi qismi "i" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Namangan viloyatida bir ayol jazmani bilan til biriktirib, yollanma qotil orqali turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishni rejalashtirgani aniqlangandi. Shuningdek, may oyida Toshkent shahrida shar’iy nikohdagi xotinini o‘ldirish uchun yollanma qotilga 10 ming dollar taklif qilgan erkak ham tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan edi.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.