Jahon

Tramp AQSH Hormuzning “qo‘riqchisi” bo‘lishini aytdi

Donald Tramp bo‘g‘oz orqali tashiladigan yuklardan 20 foiz miqdorida boj undirish rejasini ma’lum qildi. Eron esa buni rad etdi.

Tramp AQSH Hormuzning “qo‘riqchisi” bo‘lishini aytdi

AQSH prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi dengiz blokadasini qayta tiklashi, Hormuz bo‘g‘ozi xavfsizligini nazorat qilishi hamda bo‘g‘oz orqali tashiladigan yuklardan 20 foiz miqdorida to‘lov undirilishini ma’lum qildi. Eron esa bu rejani qat’iyan rad etib, AQSHning bo‘g‘oz boshqaruviga aralashuviga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.

 

Al Jazeera xabariga ko'ra, Tramp bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida va Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi. Uning aytishicha, AQSH Eronga qarshi dengiz blokadasini qayta tiklaydi va bundan buyon Hormuz bo‘g‘ozining "qo‘riqchisi" sifatida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, bo‘g‘oz orqali tashiladigan barcha yuklardan xavfsizlikni ta’minlash xarajatlarini qoplash maqsadida 20 foizlik to‘lov undirilishi rejalashtirilmoqda.

 

BMTning Xalqaro dengiz tashkiloti (IMO) esa xalqaro navigatsiya uchun foydalaniladigan bo‘g‘ozlardan o‘tish uchun to‘lov joriy etilishiga qarshi chiqdi. Tashkilot bunday majburiy to‘lovlarni joriy etish uchun xalqaro huquqiy asos mavjud emasligini bildirdi.

 

So‘nggi bayonotlar AQSH va Eron o‘rtasidagi keskinlik yana kuchaygan bir paytda yangradi. Tomonlar bir-biriga navbatdagi zarbalarni berganini ma’lum qilgan. Eron Bahrayn, Quvayt, Ummon va Iordaniyadagi AQSH harbiy obyektlariga hujum uyushtirganini bildirgan bo‘lsa, AQSH kuchlari Eron qirg‘og‘idagi port shaharlarga zarbalar berayotganini ma’lum qilgan.

 

Eron AQSHning Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatish rejasini yana bir bor rad etdi. 

 

Mamlakat Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi Vashingtonning bunday harakati Eron suverenitetiga tajovuz sifatida baholanishini va bunga qat’iy javob qaytarilishini ma’lum qildi.

 

Mutaxassislar so‘nggi keskinlik fonida dunyo neft va gaz eksportining qariyb 20 foizi o‘tadigan Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlanayotgan tijorat kemalari soni sezilarli darajada kamayganini qayd etmoqda.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.