Jahon

Yevropada jazirama tufayli bir haftada 10 mingdan ortiq o‘lim qayd etildi

Rekord darajadagi issiqlik to‘lqini 27 Yevropa mamlakatida minglab qo‘shimcha o‘lim holatlariga sabab bo‘ldi.

Yevropada jazirama tufayli bir haftada 10 mingdan ortiq o‘lim qayd etildi

Iyun oyi oxirida G‘arbiy Yevropani qamrab olgan rekord darajadagi jazirama oqibatida 27 ta Yevropa mamlakatida o‘limlar soni odatdagidan 10 mingdan ziyodga ko‘paydi. Bu haqda ECDC va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘magida faoliyat yurituvchi EuroMOMO tarmog‘i ma’lumotlariga tayanib, Reuters xabar berdi.

 

Hisobotga ko‘ra, 22–28 iyun kunlari qayd etilgan 10 650 ta qo‘shimcha o‘limning 9 mingdan ortig‘i 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mutaxassislar yuqori o‘lim ko‘rsatkichini, asosan, rekord darajadagi issiq ob-havo bilan izohlamoqda.

 

Daniyaning Statens Serum Institut bosh shifokori Lasse Vestergaardning aytishicha, yilning bu davrida bunday darajadagi ortiqcha o‘lim odatiy hol emas va uni jaziramadan boshqa omil bilan izohlash qiyin.

 

Olimlar iyun oyi oxiridagi issiq to‘lqini inson faoliyati tufayli yuzaga kelayotgan global iqlim o‘zgarishisiz deyarli imkonsiz bo‘lishini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, iqlim o‘zgarishi jazirama to‘lqinlarini yanada tez-tez va kuchliroq kuzatilishiga olib kelmoqda.

 

EuroMOMO ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyining so‘nggi haftasida Fransiya va Belgiya Yevropada "juda yuqori ortiqcha o‘lim" qayd etilgan yagona davlatlar bo‘lgan. Belgiyada esa bu ko‘rsatkich 2000-yildan buyon kuzatilgan barcha jazirama davrlari orasida eng yuqorisi sifatida qayd etilgan.

 

Shuningdek, Imperial College London, Buyuk Britaniya Meteorologiya xizmati va London gigiyena hamda tropik tibbiyot maktabi olimlari tomonidan e’lon qilingan alohida tadqiqotda may va iyun oylarida faqat Angliya va Uelsning o‘zida 2,7 ming kishi issiqlik bilan bog‘liq sabablar oqibatida vafot etgani taxmin qilingan. 

 

Tadqiqot mualliflariga ko‘ra, ushbu o‘limlarning 42 foizi global isish kuchaytirgan jazirama ta’siri bilan bog‘liq.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.