O'zbekiston

Anomal issiqda qator hududlarda bolalar ochiq havodagi tadbirlarga jalb etildi

Bolalar ombudsmani jazirama kunlarda bolalar salomatligini himoya qilish yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Anomal issiqda qator hududlarda bolalar ochiq havodagi tadbirlarga jalb etildi

 

Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi ayrim maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasalarida iyul oyining dastlabki o‘n kunligida o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning ochiq havodagi tadbirlarga jalb etilgani yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, bunday holatlar bolalar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin hamda amaldagi sanitariya-gigiyena talablariga zid hisoblanadi. Shu munosabat bilan jazirama ob-havo sharoitida bolalarni ochiq maydonlarda o‘tkaziladigan tadbirlarga jalb etishni cheklash zarurligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, yuqori harorat va to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurlari ostida bolalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi hamda bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi lozimligi qayd etildi.

 

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham munosabat bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolar joriy kunlarda emas, 8-iyul kuni Dehqonobod tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida tasvirga olinganini ma’lum qildi.

 

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, hozirda barcha hududiy bo‘limlarga anomal issiq kunlarda “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini imkon qadar yopiq yoki salqin joylarda tashkil etish, bolalarning salomatligi va xavfsizligini ustuvor vazifa sifatida ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilgan. Shuningdek, ayrim ijtimoiy tarmoq sahifalari holatni rasmiy manbalar orqali aniqlashtirmasdan e’lon qilgani ham tanqid qilindi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.