O'zbekiston

Toshkentda soliqchi, Farg‘onada elektr ta’minoti muhandis pora bilan ushlandi

Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkentda soliqchi, Farg‘onada elektr ta’minoti muhandis pora bilan ushlandi

 

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida mansabdor shaxslarning noqonuniy pora talabi bilan bog‘liq ikki holat fosh etildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi “Chinni bozor” savdo majmuasida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati yuzasidan soliq tekshiruvi o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida tadbirkor savdo tushumlarini shaxsiy bank kartasi orqali qabul qilib, ularni tadbirkorlik hisob raqamiga kiritmagani aniqlangan.

 

Shundan so‘ng Zangiota tumani Soliq inspeksiyasining bosh inspektori tadbirkorga 160 million so‘m jarima qo‘llanilishini aytib, ushbu masalani hal qilib berish evaziga 1000 AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda soliqchining topshirig‘i bilan tadbirkordan pulni olgan vositachi ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Shunga o‘xshash holat Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida ham aniqlangan. Tezkor tadbir davomida tuman Elektr ta’minoti korxonasi muhandisi quyosh panellari o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkordan noqonuniy ravishda 1000 AQSH dollari olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, muhandis tadbirkorga mijozlar yo‘naltirish, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va texnik shartnoma olishda yordam berish evaziga jami 5 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Har ikki holat yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

custom img

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

custom img

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga “general-mayor” unvoni berildi

Shuningdek, qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

custom img

1 yillik magistratura joriy etiladi: yangi o‘quv yilidan taʼlimning ikki yo‘nalishi belgilanadi

Amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassisligiga qarab loyiha, startap, konstruktorlik loyihasi yoki boshqa amaliy ishni tayyorlab, himoya qiladi.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

custom img

Toshkentda MIB orqali madaniy buyumlar muzeyga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjatida belgilangan talablar to‘liq bajarilib, ijro ishi yakunlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"