Jahon

Turkmanistonda O‘zbekiston SIM kartalariga qarshi reydlar boshlandi

Bunga Toshhovuz viloyatida bir erkakning olti nafar farzandi va o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabar internetda keng tarqalib ketgani sabab bo‘lishi mumkin.

Turkmanistonda O‘zbekiston SIM kartalariga qarshi reydlar boshlandi

Turkmanistonda O‘zbekiston mobil aloqa operatorlarining SIM kartalaridan foydalanayotgan fuqarolarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Ozodlik radiosi xabar berdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston bilan chegaradosh Toshhovuz viloyatidagi 60 dan ortiq aholi punktida tekshiruvlar olib borilmoqda. So‘nggi kunlarda Diovar qishlog‘ida kamida o‘nta oiladan O‘zbekiston operatorlariga tegishli SIM kartalar musodara qilingan. 

 

Xabarga ko‘ra, ayrim holatlarda huquq-tartibot idoralari fuqarolarni ogohlantirish bilan cheklanmoqda. Biroq ko‘pchilikka xorijiy aloqa xizmatlaridan foydalanganlik uchun 50 ming manat miqdorida jarima yoki qamoq jazosi qo‘llanishi mumkinligi aytilmoqda. 

 

Rasmiylar buni ayrim hollarda xorijiy davlat manfaatiga josuslik sifatida baholanishi mumkinligi bilan izohlayotgani qayd etilgan. Chegaraoldi hududlari aholisi jurnalistlarga Turkmaniston aloqa operatorlarida signal sifati pastligi va internetdan foydalanish imkoniyatlari cheklangani sabab O‘zbekiston operatorlari xizmatlarini afzal ko‘rishini bildirgan. 

 

Ularning ta’kidlashicha, O‘zbekiston mobil interneti tezligi mahalliy operatorlarnikidan bir necha yuz baravar yuqori. Shu sababli O‘zbekistonga tez-tez qatnaydigan turkmanistonliklar u yerdan SIM kartalar va Wi-Fi routerlar olib kiradi. Ayrim tadbirkorlar esa qo‘shni davlat operatorlariga ulanish xizmatlarini pulli asosda taklif qilib, uskunalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda ham yordam beradi. Hududda eng ommabop tarmoqlar sifatida Uztelecom va Ucell tilga olinmoqda. 

 

Ozodlik radiosi suhbatlashgan manbalarga ko‘ra, reydlarning kuchayishiga Toshhovuz viloyatida bir erkakning olti nafar farzandi va o‘z joniga qasd qilgani haqidagi xabar internetda keng tarqalib ketgani sabab bo‘lishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, mazkur voqea haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston operatorlari mobil interneti orqali tarqatilgani ortidan nazorat kuchaytirilgan. 

 

Shuningdek, manbalar Turkmaniston kuch ishlatar tuzilmalarida O‘zbekiston SIM kartalarini masofadan kuzatishga imkon beruvchi maxsus uskunalar mavjud emasligini bildirgan. Shu bois qoidabuzarlarni aniqlash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari joylarda bevosita tekshiruvlar o‘tkazayotgani aytilmoqda.

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"