Jahon

“Angliyaga qarshi bahs futboldan kattaroq”: Argentina vitse-prezidenti inglizlarni “qaroqchilar” deb atadi

Viktoriya Vilyarruel Jahon chempionati yarim finalida Angliyaga qarshi bahs oldidan keskin bayonot bilan chiqdi. Skalone uchrashuvga siyosiy tus bermaslikka chaqirdi.

“Angliyaga qarshi bahs futboldan kattaroq”: Argentina vitse-prezidenti inglizlarni “qaroqchilar” deb atadi

Argentina vitse-prezidenti Viktoriya Vilyarruel Jahon chempionati yarim finali oldidan Angliyaga qarshi bo‘ladigan uchrashuv yuzasidan X ijtimoiy tarmog‘ida bayonot berdi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

“Biz bosqinchi,qaroqchilarga qarshi o‘ynaymiz. Bu shunchaki navbatdagi o‘yin emas”, — deb yozdi u.

 

Vilyarruelning ta’kidlashicha, Angliyaga qarshi bahs Argentina uchun nafaqat sport, balki tarixiy va siyosiy ramziy ahamiyatga ham ega.

 

“Bu Malvin orollari, bu Diego, bu Leoning so‘nggi mundiali va bosqinchilarni to‘xtatish masalasidir”, — dedi vitse-prezident marhum futbol afsonasi Diego Maradona hamda terma jamoa sardori Lionel Messini nazarda tutib.

 

Mazkur bayonot Janubiy Atlantikadagi Folklend (Argentinada Malvin deb ataladi) orollari ustidan davom etayotgan hududiy nizolar fonida yangradi. Vilyarruelning otasi 1982-yilda Argentina va Buyuk Britaniya o‘rtasida Folklend orollari uchun bo‘lib o‘tgan urushda qatnashgan.

 

Shu bilan birga, Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skalone uchrashuvga siyosiy tus bermaslikka chaqirdi.

 

“Bu oddiy futbol o‘yini, xolos. Futbolni siyosat bilan aralashtirish telbalik bo‘lardi”, — dedi u.

 

Shuningdek, Argentina xavfsizlik vazirligi yarim final bo‘lib o‘tadigan AQSHning Atlanta shahridagi stadionda Folklend (Malvin) orollariga oid bayroqlar va boshqa ramziy buyumlarni olib kirish taqiqlanishini ma’lum qildi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.