O'zbekiston

Salomatligingiz va tabiatni asrang: Ekologiya qo‘mitasi muhim ogohlantirish bilan chiqdi

Havo harorati ayrim hududlarda 48 darajagacha ko‘tarilishi kutilayotgani sababli qo‘mita fuqarolarni o‘z salomatligi, daraxtlar va hayvonot dunyosini asrashga chaqirdi.

Salomatligingiz va tabiatni asrang: Ekologiya qo‘mitasi muhim ogohlantirish bilan chiqdi

Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 18–20-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan o‘ta issiq havo massalarining kirib kelishi davom etadi. Respublika bo‘yicha havo harorati 43–45°C gacha, janubiy va cho‘l hududlarining ayrim joylarida esa 46–48°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shamol tezligi 13–18 m/s gacha, ayrim joylarda 20–22 m/s gacha kuchayadi. Ba’zi hududlarda chang va qum bo‘ronlari kuzatilishi mumkin.

 

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi fuqarolarga kunning eng issiq vaqtlarida ochiq quyosh ostida uzoq qolmaslik, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilish hamda zarur ehtiyot choralariga amal qilishni tavsiya etdi.

 

Qayd etilishicha, yuqori harorat atrof-muhitga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, daraxt va butalarning qurishi, yosh ko‘chatlarning nobud bo‘lishi hamda hayvonot dunyosiga zarar yetishi xavfi ortadi.

 

Shu munosabat bilan qo‘mita mutasaddi tashkilotlarni, ayniqsa, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan yosh ko‘chatlarni o‘z vaqtida sug‘orish va qo‘shimcha parvarishlashga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi.

 

Mahalliy hokimliklar, kommunal xizmatlar va boshqa mas’ul tashkilotlarga yashil hududlarni sug‘orishni kuchaytirish, jamoat joylarini sovitish, sug‘orish tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda tabiiy yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish tavsiya etildi.

 

“Bugun saqlab qolingan har bir daraxt, sug‘orilgan har bir ko‘chat va o‘z vaqtida ko‘rilgan har bir chora mamlakatimizning ekologik xavfsizligi hamda barqaror kelajagiga qo‘shilgan munosib hissadir”, deyiladi xabarda.

custom img

Banklarning moliyaviy holatini tiklash rejalariga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Banklar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda ularning faoliyatini tiklashga qaratilgan rejalar endilikda belgilangan talablar asosida ishlab chiqiladi.

custom img

30-yil o‘tib, onaxonning yodiga tushgan hujjat: 1996-yildagi o‘lim fakti sud orqali tasdiqlandi

Sirdaryoda besh kunlik chaqaloqning 30-yil avvalgi o‘limi sudda tasdiqlandi.

custom img

Qashqadaryodagi ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining ko‘pi oliygoh talabasi bo‘ldi

Uchta maktabda bitiruvchilarning 100 foizi talaba bo‘ldi, bir qator maktablarda esa bu ko‘rsatkich 80–90 foizni tashkil etdi.

custom img

Uchtepadagi yong‘inda FVV xodimi 7 kishining hayotini qutqarib, o‘zi halok bo‘ldi

Yong‘in 15 avgust kuni “Quyi Darxon” MFY hududidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan.

custom img

Navoiyda sud raisi YTHda halok bo‘ldi

YTHga avtomobil tezligining yuqori bo‘lgani sabab bo‘lgan. Hodisa sodir bo‘lgan yo‘lning holati ham qoniqarsiz ekani aytilgan.

custom img

Qoraqalpog‘istonda yana bir “qochoq ota” ushlandi

Qarzdor zapravka hududida xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan avtomashinada voqea joyidan qochishga uringan.

custom img

Toshkentda fuqaro MIB orqali quruvchiga to‘lagan pulini qaytarib oldi

Natijada uyni o‘z vaqtida topshirmagan quruvchidan 323 mln so‘mdan ortiq mablag‘ fuqaro foydasiga undirildi.

custom img

Jizzaxda fuqaroning mol-mulki MIB orqali olib berildi

Natijada undiruvchiga tegishli bo‘lgan mol-mulk qonunchilikda belgilangan tartibda olib berilib, uning huquqi tiklandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"