O'zbekiston

Zangiotada “zapravka” portladi: uch kishi jarohatlandi

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari o'rganilmoqda.

Zangiotada “zapravka” portladi: uch kishi jarohatlandi

 

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida joylashgan avtomobillarga propan gaz to‘ldirish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida uch nafar fuqaro tan jarohati oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 16-iyul kuni soat 22:46 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan avtomobillarga propan gaz to‘ldirish shoxobchasida favqulodda holat yuz bergani haqida xabar kelib tushgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shoxobcha hududidagi propan gaz saqlash sig‘imi hamda propan tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomobilda chaqnash sodir bo‘lgan.

 

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar yong‘inni 17-iyul kuni soat 00:04 da to‘liq bartaraf etgan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan uch nafar fuqaro shoshilinch tibbiy yordam brigadalari tomonidan shifoxonaga olib borilgan. Ularning salomatligi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

 

Hozirda hodisaning kelib chiqish sabablari bo‘yicha tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘lgandi.

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

O‘zbekiston Birinchi xonimi TDT Oila va xotin-qizlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva qizlar ta’limi, ayollar tadbirkorligi va bolalar xavfsizligini ta’minlashga doir takliflarni bildirdi.

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti: O‘zbekiston global texnologiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda

Google vitse-prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi islohotlar Google Pay’ning mamlakatda ishga tushishiga yo‘l ochganini ta’kidladi.

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

O‘zbekiston ilmiy tashkilotlari va oliygohlariga Koreyada ishlab chiqarilgan 50 ta traktor topshirildi

Koreya bilan hamkorlikdagi loyiha doirasida O‘zbekistonda ekologik toza qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlari kengaymoqda.

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Jizzaxda bog‘cha mudirasi o‘ldirildi: eri gumonlanuvchi sifatida ushlandi

Ayolning o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

“Quyoshli xonadon” dasturi: fuqarolarga 642 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya to‘landi

Eng ko‘p mablag‘ Buxoro va Xorazm viloyatlariga to‘g‘ri kelgan.

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar radarlariga yangi vakolat: kamar taqmagan haydovchilar ham aniqlanadi

Tadbirkorlar o‘rnatgan foto va video qayd etish tizimlariga xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlarini aniqlashga ruxsat berildi.

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Toshkentda noqulay meteorologik sharoit: havo sifati “nosog‘lom” darajada

Ayrim kuzatuv nuqtalarida ifloslanish darajasi “juda nosog‘lom” ko‘rsatkichga yetdi.

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Vatanga qaytish, moddiy va tibbiy yordam: 4 401 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan qaytarildi

Rossiyada qiyin vaziyatga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilmoqda.