O'zbekiston

Hokimliklarga anomal issiqda obodonlashtirish xodimlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma yuborildi

Davlat mehnat inspeksiyasi havo harorati yuqori bo‘lgan soat 10:00 dan 17:00 gacha xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ishlarni vaqtincha to‘xtatishni talab qildi.

Hokimliklarga anomal issiqda obodonlashtirish xodimlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma yuborildi

Davlat mehnat inspeksiyasi anomal issiq ob-havo sharoitida ochiq havoda mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida barcha hokimliklarga maxsus ko‘rsatma yubordi.

 

Ko‘rsatmaga muvofiq, havo harorati yuqori bo‘lgan soat 10:00 dan 17:00 gacha xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ochiq havodagi ishlar vaqtincha to‘xtatilishi hamda moslashuvchan ish rejimi joriy etilishi lozim.

 

Shuningdek, ish beruvchilarga xodimlarni yetarli miqdorda sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, quyosh nurlari va yuqori haroratdan himoyalangan dam olish joylarini tashkil etish, ularni shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash hamda mehnat va dam olish rejimini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.

 

Bundan tashqari, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoki tibbiy xulosaga ko‘ra ishga yaroqsiz deb topilgan shaxslarni ishga jalb etmaslik, yuqori harorat ta’sirida salomatligi yomonlashgan xodimlarga esa zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish talab etiladi.

 

Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur ko‘rsatmalar ijrosi nazoratga olinganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mehnatni muhofaza qilish talablarini buzgan shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.

custom img

Uchtepadagi yong‘inda halok bo‘lgan FVV ofitseri Samarqandda dafn etildi

Dafn marosimida FVV rahbariyati va shaxsiy tarkibi, marhumning yaqinlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

custom img

Banklarning moliyaviy holatini tiklash rejalariga qo‘yiladigan talablar belgilandi

Banklar moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan taqdirda ularning faoliyatini tiklashga qaratilgan rejalar endilikda belgilangan talablar asosida ishlab chiqiladi.

custom img

30-yil o‘tib, onaxonning yodiga tushgan hujjat: 1996-yildagi o‘lim fakti sud orqali tasdiqlandi

Sirdaryoda besh kunlik chaqaloqning 30-yil avvalgi o‘limi sudda tasdiqlandi.

custom img

Qashqadaryodagi ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining ko‘pi oliygoh talabasi bo‘ldi

Uchta maktabda bitiruvchilarning 100 foizi talaba bo‘ldi, bir qator maktablarda esa bu ko‘rsatkich 80–90 foizni tashkil etdi.

custom img

Uchtepadagi yong‘inda FVV xodimi 7 kishining hayotini qutqarib, o‘zi halok bo‘ldi

Yong‘in 15 avgust kuni “Quyi Darxon” MFY hududidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan.

custom img

Navoiyda sud raisi YTHda halok bo‘ldi

YTHga avtomobil tezligining yuqori bo‘lgani sabab bo‘lgan. Hodisa sodir bo‘lgan yo‘lning holati ham qoniqarsiz ekani aytilgan.

custom img

Qoraqalpog‘istonda yana bir “qochoq ota” ushlandi

Qarzdor zapravka hududida xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan avtomashinada voqea joyidan qochishga uringan.

custom img

Toshkentda fuqaro MIB orqali quruvchiga to‘lagan pulini qaytarib oldi

Natijada uyni o‘z vaqtida topshirmagan quruvchidan 323 mln so‘mdan ortiq mablag‘ fuqaro foydasiga undirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"