O'zbekiston

O‘zbekistonda anomal issiqda hashar o‘tkazganlar javobgarlikka tortiladi

Mehnat inspeksiyasi anomal issiq ob-havo sharoitida fuqarolar salomatligini himoya qilish maqsadida  jamoaviy ishlarni cheklash bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

O‘zbekistonda anomal issiqda hashar o‘tkazganlar javobgarlikka tortiladi

O‘zbekistonda anomal issiqda hashar o‘tkazganlar va jamoaviy ishlarni tashkil etganlar javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi.

 

Respublika hududida kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoitida ochiq havoda uzoq vaqt ishlash issiq urishi, suvsizlanish, yurak-qon tomir va asab tizimi faoliyatining buzilishi kabi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 

Ma’lum qiliinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 359-moddasi hamda 0069-24-sonli sanitariya qoidalari va normalariga (SanQvaN) muvofiq, yilning issiq davrida ochiq hududlarda havo harorati 36 daraja va undan yuqori bo‘lsa, bunday sharoit o‘ta xavfli (ekstremal) mehnat sharoiti hisoblanadi.

 

Shu munosabat bilan, soat 10:00 dan 17:00 gacha ochiq hududlarda hasharlar, ommaviy mehnat tadbirlari va boshqa jamoaviy ishlarni tashkil etmaslik talab etildi. Zarur ishlarni imkon qadar ertalab soat 10:00 gacha yoki kechki soat 17:00 dan keyin bajarish tavsiya qilindi.

 

Kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni bajarishda esa mehnat va dam olishning maxsus rejimini joriy etish, ish vaqtini qisqartirish, xodimlarni soyali dam olish joylari, ichimlik suvi, shaxsiy himoya vositalari hamda birinchi tibbiy yordam vositalari bilan ta’minlash zarurligi qayd etildi.

 

Shuningdek, yuqori harorat sharoitida ishlayotgan xodimlarning sog‘lig‘i ustidan doimiy nazorat o‘rnatish, ahvoli yomonlashgan taqdirda ularni zudlik bilan ishdan ozod qilish va zarur tibbiy yordam ko‘rsatish lozimligi ta’kidlandi.

 

Davlat mehnat inspeksiyasi mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish hamda xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi mehnat sharoitlarini yaratish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatdi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"