O'zbekiston

Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalar uchun yer hamda mol-mulk solig‘i 10 baravar oshirilishi mumkin

Isitish qozonxonalari demontaj qilingan yoki elektr energiyasi bilan isitiladigan issiqxonalarga oshirilgan mol-mulk va yer solig‘i tatbiq etilmaydi.

Toshkent va uning atrofidagi issiqxonalar uchun yer hamda mol-mulk solig‘i 10 baravar oshirilishi mumkin

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida joylashgan issiqxonalarga nisbatan yer va mol-mulk solig‘ining oshirilgan stavkalarini joriy etish taklif qilinmoqda. Tegishli qonun loyihasi 31-iyulga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

 

Loyihaga ko‘ra, Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlaridagi issiqxonalar egallagan qishloq xo‘jaligi yerlariga yer solig‘i amaldagi stavkaning 10 baravari miqdorida belgilanadi. Shuningdek, bunday issiqxonalarga nisbatan amaldagi soliq imtiyozlari qo‘llanilmaydi.

 

Bunda isitish qozonxonalari demontaj qilingan yoki elektr energiyasi bilan isitiladigan issiqxonalarga oshirilgan mol-mulk va yer solig‘i tatbiq etilmaydi. Bu haqdagi ma’lumotlarni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ taqdim etadi.

 

Qonun loyihasiga ko‘ra, mazkur o‘zgartirishlardan maqsad Toshkent shahri va viloyatidagi ekologik vaziyatga issiqxona xo‘jaliklarining salbiy ta’sirini kamaytirish hamda issiqxonalarda ekologik xavfsiz va energiya tejamkor isitish texnologiyalaridan foydalanishni rag‘batlantirishdan iborat.

 

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi qaroriga muvofiq, Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlarida ko‘mir, mazut va atmosferaga zararli boshqa yoqilg‘ilardan foydalanadigan yangi issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish hamda ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 2026-yil 1-iyundan taqiqlangan.

 

Shuningdek, atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan Toshkent shahri va viloyatidagi issiqxona xo‘jaliklarini Surxondaryo viloyatidagi “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasiga bosqichma-bosqich ko‘chirish rejalashtirilgan.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

custom img

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

custom img

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga “general-mayor” unvoni berildi

Shuningdek, qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

custom img

1 yillik magistratura joriy etiladi: yangi o‘quv yilidan taʼlimning ikki yo‘nalishi belgilanadi

Amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassisligiga qarab loyiha, startap, konstruktorlik loyihasi yoki boshqa amaliy ishni tayyorlab, himoya qiladi.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"