Jahon

Argentinaning JCH-2026 finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Buenos-Ayresda tartibsizliklar yuz berdi

Tartibsizliklar oqibatida kamida 15 kishi qo‘lga olindi.

Argentinaning JCH-2026 finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Buenos-Ayresda tartibsizliklar yuz berdi

2026 yilgi FIFA Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasining Ispaniyaga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng Buenos-Ayres markazida muxlislar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi.

 

Voqea Argentina poytaxtidagi futbol bayramlari an’anaviy tarzda nishonlanadigan Obelisk yodgorligi atrofida sodir bo‘lgan. Final uchrashuvini tomosha qilish uchun minglab muxlislar ushbu hududga to‘plangan. Vaziyat yarim tungacha tinch kechgan, biroq bir guruh muxlis himoya to‘siqlarini buzib o‘tishga uringanidan keyin tartibsizliklar boshlangan.

 

Shundan so‘ng ayrim muxlislar politsiya xodimlariga shisha idishlar va boshqa buyumlarni uloqtirgan. Huquq-tartibot idoralari olomonni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz hamda suv purkagich mashinalardan foydalangan.

 

Mahalliy OAV tarqatgan suratlarda ko‘chalarga turli buyumlar sochilib ketgani, shuningdek, yerda yotgan muxlisni tepgan politsiyachi aks etgani aytilmoqda.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar ortidan kamida 15 kishi qo‘lga olingan. Yana bir necha kishi jarohatlangan, biroq ularning ahvoli haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

 

Final uchrashuvida Ispaniya qo‘shimcha bo‘limlarda Ferran Torres urgan gol evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixidagi ikkinchi jahon chempionligi unvonini qo‘lga kiritdi.

 

Uchrashuv intizomiy mojarolar bilan ham yodda qoldi. Argentina yarim himoyachisi Enso Fernandes o‘yin davomida qizil kartochka oldi. Leandro Paredes esa final hushtagidan so‘ng Ispaniya himoyachisi Erik Garsiyaga nisbatan tajovuzkor harakat qilgani uchun maydondan chetlatildi.

 

Shu bilan birga, Argentina prezidenti Xavyer Miley terma jamoani qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakatda umumxalq dam olish kuni e’lon qilinishini ma’lum qildi. Bayram sanasi futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.