O'zbekiston

OAVda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun “Atirgul – 2026” tanlovi e’lon qilindi

Tanlovga nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar 2026 yilning 20 iyulidan 20 avgustigacha qabul qilinadi. Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida e’lon qilinadi.

OAVda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun “Atirgul – 2026” tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Atirgul – 2026” respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qildi.

 

Tanlov xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, oila institutini mustahkamlash, milliy qadriyatlar va ma’naviy merosni targ‘ib qilish, shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida tashkil etilmoqda.

 

Shuningdek, tanlov “Yangi O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, davlat dasturlari hamda milliy taraqqiyot konsepsiyalariga muvofiq ravishda OAVda faoliyat yuritayotgan xotin-qiz jurnalistlarni rag‘batlantirish va ularning yutuqlarini e’tirof etishga qaratilgan.

 

Ko‘rik-tanlov 12 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

 

1. Eng yaxshi televizion jurnalistik material

   (teletasvir, telereportaj, intervyu, maxsus ko‘rsatuv)

 

2. Eng yaxshi radio jurnalistik material

   (radioeshittirish, intervyu, mualliflik dasturi)

 

3. Eng yaxshi bosma OAV materiali

   (maqola, ocherk, tahliliy material, intervyu)

 

4. Eng yaxshi internet jurnalistika materiali

   (onlayn maqola, multimedia loyihasi, veb-jurnalistika)

 

5. Eng yaxshi ijtimoiy tarmoq loyihasi

   (Telegram, YouTube, Facebook, Instagram platformalaridagi ijodiy loyihalar)

 

6. Eng yaxshi surishtiruv jurnalistikasi

   (ijtimoiy muammolarga bag‘ishlangan tahliliy surishtiruv)

 

7. Eng yaxshi fotojurnalistika ishi

   (fotoreportaj, ijtimoiy fotoocherk)

 

8. Eng yaxshi hujjatli film yoki maxsus medialoyiha

 

9. Eng yaxshi yosh jurnalist

   (30 yoshgacha bo‘lgan jurnalistlar uchun)

 

10. Eng yaxshi hududiy jurnalistik material

 

11. Jamoatchilik e’tirofi mukofoti

 

12. Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti

 

Tanlovga nomzodlar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining hududiy bo‘limlari, Uyushma qoshidagi Ijodiy kengashlar, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tavsiya etiladi.

 

Tanlovga nomzodlar bo‘yicha tavsiyanomalar 2026 yilning 20 iyulidan 2026 yilning 20 avgustigacha qabul qilinadi.

 

Nomzodlarning hujjatlarini ko‘rib chiqish va tanlov g‘oliblarini e’lon qilish bo‘yicha yakuniy xulosaviy qaror tanlov Hakamlar hay’ati tomonidan qabul qilinadi.

 

Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida e’lon qilinadi va maxsus diplom, esdalik statuetkasi hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.