Jahon

Tramp Kanadaning ayrim mahsulotlariga 50 foizlik boj joriy qildi

Kanada bosh vaziri bu qarorni AQSH–Kanada–Meksika erkin savdo kelishuviga zid deb baholadi.

Tramp Kanadaning ayrim mahsulotlariga 50 foizlik boj joriy qildi


 
AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada importining qariyb 20 milliard dollarlik qismiga 50 foizlik boj joriy etish haqidagi farmonni imzoladi. Oq uy bu qarorni Kanada tomonidan AQSH mahsulotlariga nisbatan qo‘llanayotgan savdo cheklovlari bilan izohladi. Bu haqda BBC xabar berdi.


 
Yangi tariflar vino, mebel, sport anjomlari va boshqa qator mahsulotlarni qamrab oladi. Biroq energetika mahsulotlari, kaliy o‘g‘itlari, baliq mahsulotlari hamda muhim foydali qazilmalar ushbu bojlar ro‘yxatiga kiritilmagan.


 
Kanada bosh vaziri Mark Karni Tramp qarorini AQSH–Kanada–Meksika erkin savdo kelishuviga zid deb baholadi. U hukumat Kanada ishchilari va korxonalarini himoya qilishini hamda AQSH bilan savdo muzokaralarini yanada jadallashtirishini bildirdi.


 
Karni, shuningdek, zarurat tug‘ilganda Kanada javob choralarini ko‘rishi mumkinligini ta’kidlagan. Tomonlarga yangi tariflar kuchga kirishidan oldin muzokaralar olib borish uchun 30 kunlik muddat berilgan.


 
Mutaxassislar yangi bojlar Shimoliy Amerikadagi savdo munosabatlarini yanada keskinlashtirishi, ayrim mahsulotlar narxining oshishiga va ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy ziddiyatlarning kuchayishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Moskvaga tahdid bo'lishi mumkin: AQSh elchixonasi fuqarolarini ogohlantirdi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Moskvada terakt tayyorlanayotgani haqida xabar berilganini tasdiqladi.

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini sotadi: shartnoma qiymati 2,1 mlrd dollar

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Suriyada suv toshqinlari: 7 kishi halok bo'ldi

Kuchli yomg‘ir mamlakatda ko‘priklar va transport infratuzilmasiga zarar yetkazgan.

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi COVID-19 shtammi bir nechta qit’aga tarqaldi: JSST xavf ortayotganidan ogohlantirdi

Yangi koronavirus shtammi Kanada, AQSh va Yevropada aniqlangan.