Jahon

Tramp Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha 30 yillik kelishuvni ma'qulladi

Shuningdek, ikki davlat qo‘shma tadqiqot o‘tkazganidan so‘ng qirollik hududida uranni boyitish inshooti qurilishi ham mumkin.

Tramp Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha 30 yillik kelishuvni ma'qulladi


 
AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoniga fuqarolik maqsadlaridagi yadro dasturini rivojlantirish imkonini beruvchi 30 yillik hamkorlik bitimini ma'qulladi. Kelishuv qirollikka uranni boyitish imkoniyatini ham berishi mumkinligi sababli xalqaro hamjamiyatda xavotir uyg‘otmoqda. Bu haqda APnews xabar berdi.


 
Manbalarga ko‘ra kelishuv yaqin kunlarda rasman e'lon qilinishi kutilmoqda. Hujjat AQSH kompaniyalarining Saudiya Arabistoni yadro energetikasi dasturini rivojlantirishda ishtirok etishini nazarda tutadi. Shuningdek, ikki davlat qo‘shma tadqiqot o‘tkazganidan so‘ng qirollik hududida uranni boyitish inshooti qurilishi ham mumkin.


 
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, uranni boyitish texnologiyasi atom elektr stansiyalari uchun yoqilg‘i ishlab chiqarishda qo‘llanilishi mumkin. Biroq ayni texnologiya yadro quroli yaratish yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri ham hisoblanadi. Shu bois AQSHdagi qurolsizlanish tarafdorlari va ayrim qonunchilar kelishuv Yaqin Sharqda yadroviy qurollanish poygasini kuchaytirishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.


 
Xabarlarga ko‘ra, bitimda AQSH avval boshqa davlatlar bilan tuzgan yadro kelishuvlaridagi ayrim qat'iy cheklovlar mavjud emas. Jumladan, Saudiya Arabistoni uranni boyitish va yadro yoqilg‘isini qayta ishlashdan voz kechishini kafolatlovchi "oltin standart" talabi hamda MAGATEning qo‘shimcha nazorat protokoli hujjatga kiritilmagan. Shu sababli kelishuv Kongressda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.


 
Saudiya Arabistoni uzoq yillardan buyon fuqarolik maqsadlaridagi yadro energetikasi dasturini yo‘lga qo‘yishga harakat qilib kelmoqda. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon avvalroq Eron yadroviy qurolga ega bo‘lsa, Saudiya Arabistoni ham shunday imkoniyatni qo‘lga kiritishga harakat qilishini bildirgan edi. Tramp ma'muriyati esa mazkur kelishuv AQSHning iqtisodiy va strategik manfaatlariga xizmat qilishini ta'kidlamoqda.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.