Jahon

Yevropadagi jazirama don bozoriga 2 milliard yevrodan ortiq zarar yetkazdi

Iyun oyida Yevropada kuzatilgan anomal issiq oqibatida qariyb 9 million tonna don hosili yo‘qotildi.

Yevropadagi jazirama don bozoriga 2 milliard yevrodan ortiq zarar yetkazdi

Yevropada iyun oyida kuzatilgan anomal jazirama don hosiliga jiddiy zarar yetkazdi. Financial Times nashrining Yevropa qishloq xo‘jaligi bozori ishtirokchilari manfaatlarini himoya qiluvchi Coceral assotsiatsiyasi hamda iqlim o‘zgarishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi ECIU tahlil markazi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, qariyb 9 million tonna don hosili yo‘qotilgan.

 

Nashr qayd etishicha, buning oqibatida Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada don hosili bo‘yicha prognozlar sezilarli darajada pasaytirilgan. Yetkazilgan iqtisodiy zarar 2 milliard yevrodan oshgan.

 

Eng katta yo‘qotish Fransiyada qayd etilgan. Mamlakatda don hosili prognozi 4,1 million tonnaga qisqartirilgan bo‘lib, bu qariyb 891 million yevro zarar sifatida baholanmoqda. Eng ko‘p zarar ko‘rgan ikkinchi davlat Vengriya bo‘lib, u yerda hosil yo‘qotishlari 2,4 million tonnani tashkil etgan.

 

Fransiyalik fermerlarning ma’lum qilishicha, ayrim ekinlar, xususan, soya hosili 50–70 foizgacha kamayishi kutilmoqda.

 

“Biz falokat tomon ketayotganimiz yo‘q, biz allaqachon uning ichidamiz”, — dedi Fransiyaning sharqidagi organik fermer xo‘jaligi egasi Benua Merlo.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, chorvachilik uchun asosiy ozuqa hisoblangan makkajo‘xori hosilining qisqarishi Braziliya va Ukraina kabi davlatlardan import hajmining oshishiga olib kelishi mumkin. 

 

Shuningdek, Fransiyada bug‘doy hosilining kamayishi ushbu mamlakatning Afrika davlatlariga bug‘doy eksporti qisqarishiga sabab bo‘lishi kutilmoqda.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.