Jahon

Al-Aqso masjidiga 4 mingdan ortiq isroillik bostirib kirdi

Ularning orasida Itamar Ben-Gvir ham bo‘lgan. Isroilliklar Tisha B’Av bayrami munosabati bilan majmuga kirib, Talmud marosimlarini o‘tkazib, ibodat qilgan.

Al-Aqso masjidiga 4 mingdan ortiq isroillik bostirib kirdi

Falastinning Quddus gubernatorligi ma’lumotiga ko‘ra, 23-iyul kuni bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi majmuasiga 4 288 nafar isroillik ko‘chmanchi va o‘ta o‘ng qanot guruhlari a’zolari kirgan. Kun yakuniga qadar ularning soni 5 ming nafarga yetishi mumkinligi qayd etilgan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Ular orasida Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ham bo‘lib, u hududga kuchaytirilgan politsiya qo‘riqlovi ostida kirgan. Tashrif yahudiylarning Tisha B’Av motam kuni munosabati bilan amalga oshirilgan.

 

Falastin rasmiylari Isroil xavfsizlik kuchlari Al-Aqso majmuasi darvozalarida qat’iy cheklovlar joriy etgani, ko‘plab falastinlik ibodatchilar va talabalarni hududga kiritmagani hamda ayrimlarga nisbatan kuch ishlatganini bildirdi.

 

Quddus gubernatorligi ma’lumotiga ko‘ra, majmua ichida ayrim isroilliklar Talmud marosimlarini o‘tkazib, sajda qilgan, qo‘shiq kuylagan va ibodat qilgan. Isroil OAV esa politsiya ming nafardan ortiq yahudiyga hududda ibodat qilishga ruxsat berganini yozdi.

 

1967-yilda o‘rnatilgan status-kvoga muvofiq, musulmon bo‘lmaganlarga Al-Aqso majmuasiga tashrif buyurishga ruxsat beriladi, biroq u yerda ibodat qilish taqiqlanadi.

 

Ben-Gvir Tisha B’Av munosabati bilan qilgan tashrifi chog‘ida yahudiylar ushbu hududda o‘zlarini "egalaridek his qilayotgani"ni aytib, bu boradagi vaziyatni "katta yutuq" deb baholadi.

 

Falastin prezidenti ma’muriyati va Tashqi ishlar vazirligi bu harakatlarni xalqaro huquqning buzilishi hamda Al-Aqso majmuasining tarixiy va huquqiy maqomini o‘zgartirishga qaratilgan xavfli keskinlashuv sifatida baholadi.

 

HAMAS harakati ham reydlarni qoralab, bunday harakatlar oqibatsiz qolmasligini bildirdi. Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi esa Ben-Gvirning tashrifini "masjid muqaddasligining tahqirlanishi, keskinlashuv va qabul qilib bo‘lmaydigan provokatsiya" deb atab, xalqaro hamjamiyatni Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"