Jahon

Hindistondagi suv toshqinlari oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Tabiiy ofatdan 1800 dan ortiq qishloqdagi 900 mingga yaqin aholi jabr ko‘rgan.

Hindistondagi suv toshqinlari oqibatida 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Hindistonning shimoli-sharqidagi Assam shtatida iyun oyidan buyon davom etayotgan musson yomg‘irlari oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari kamida 41 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda shtat bosh vaziri Himanta Bisva Sarmaga tayanib, Arab News xabar berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, suv toshqinlari oqibatida minglab chorva mollari nobud bo‘lgan. Yuqori oqim hududlarida kuzatilgan jala yog‘inlari hamda ayrim joylarda me’yordan 436 foizga ko‘p yog‘gan yomg‘ir qator qishloqlarda misli ko‘rilmagan talafotlarni keltirib chiqargan.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqinlari 1 800 dan ortiq qishloqdagi qariyb 900 ming aholiga ta’sir ko‘rsatgan. Shtat bo‘ylab 150 ga yaqin vaqtinchalik boshpana tashkil etilib, ularda 30 mingga yaqin kishi joylashtirilgan.

 

Qidiruv-qutqaruv ishlariga Hindiston harbiy-havo kuchlari, shtat va milliy favqulodda vaziyatlarga javob berish xizmatlari jalb etilgan. Yordam yuklarini chekka hududlarga yetkazish uchun yuk tashuvchi dronlar va 50 dan ortiq kichik qayiqdan foydalanilmoqda. 

 

Shuningdek, harbiy aviatsiya yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarga gumanitar yuklarni havo orqali tashlamoqda.

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, musson mavsumida kuzatiladigan bunday tabiiy ofatlar Hindistonda har yili takrorlanadi. Biroq iqlim o‘zgarishi va urbanizatsiya ularning soni hamda ko‘lamini yanada kuchaytirmoqda.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Kemalarga hujumlar davom etayotgani ortidan jahon bozorida neft narxi yana ko‘tarildi.

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Kamchatkada sayyohlik bazasi qorovuli ayiq hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Ushbu chora migrantlarning ishlamaydigan yaqinlari Rossiyada qolishini cheklashga qaratilgan.

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

O‘tgan yili e’lon qilingan sulhdan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1600 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Ko‘rish masofasi ayrim joylarda atigi 10 metrgacha qisqarishi oqibatida Bolgariyada yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Zarba oqibatida bir nechta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi, Vinnitsa viloyatida esa ikki kishi halok bo‘ldi.