Jahon

Hindistondagi tunnel qulashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Tunnelning qulashiga metan gazining portlashi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Hindistondagi tunnel qulashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

 

Hindistonning Sikkim shtatida qurilayotgan gidroelektr stansiyasi tunnelida yuz bergan fojia oqibatida halok bo‘lganlar soni 20 nafarga yetdi.

 

The Times of India nashri xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar tunnel ostidan 20 nafar ishchining jasadini olib chiqqan. Ulardan 13 nafarining shaxsi aniqlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tunnel ichida 27 kishi bo‘lgan. Ulardan 2 nafari omon chiqishga muvaffaq bo‘lgan, yana 5 nafar bedarak yo‘qolgan ishchini qidirish ishlari davom etmoqda.

 

Qutqaruv operatsiyasi tunnel ichida gaz to‘planib qolgani sabab murakkablashmoqda. Mutaxassislar hodisaga metan gazining sizib chiqishi va portlashi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

 

Voqea Hindiston Milliy gidroelektr kompaniyasi (NHPC) tomonidan barpo etilayotgan 7 kilometrlik tunnelda sodir bo‘lgan. Qurbonlar orasida kompaniyaning yuqori lavozimli xodimlaridan biri ham bor.

 

Mahalliy hokimiyat hodisa yuzasidan maxsus ekspertlar guruhi tomonidan keng qamrovli tergov o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tojikistonning milliy xavfsizligiga oid hujjatlar o‘g‘irlandi: xakerlar sun’iy intellektdan foydalangan

Tekshiruv davomida O‘zbekistonning O‘rmon xo‘jaligida qo‘llaniladigan Smart Forestry raqamli platformasiga kirish izlari ham aniqlangan.

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Hormuz bo‘g‘ozidagi portlashlar neft narxiga ta’sir qildi: Brent 92 dollardan oshdi

Kemalarga hujumlar davom etayotgani ortidan jahon bozorida neft narxi yana ko‘tarildi.

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Rossiyada ayiq hujumlari: bahordan buyon qurbonlar soni 35 nafarga yetdi

Kamchatkada sayyohlik bazasi qorovuli ayiq hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: Sadir Japarov nomzodini ilgari surdi

Navbatdagi prezidentlik saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Rossiyada migrant oilalariga yangi talab: ishlamaydigan oila a'zolari uchun soliq joriy etiladi

Ushbu chora migrantlarning ishlamaydigan yaqinlari Rossiyada qolishini cheklashga qaratilgan.

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari davom etmoqda: olti falastinlik halok bo‘ldi

O‘tgan yili e’lon qilingan sulhdan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1600 nafardan ortiq falastinlik halok bo‘lgan.

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Qalin tuman katta fojia keltirdi: 12 kishi halok bo‘ldi

Ko‘rish masofasi ayrim joylarda atigi 10 metrgacha qisqarishi oqibatida Bolgariyada yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Rossiya Ukrainadagi 10 ta viloyatga hujum qildi: energetika obyektlari shikastlandi

Zarba oqibatida bir nechta viloyatda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi, Vinnitsa viloyatida esa ikki kishi halok bo‘ldi.