O'zbekiston

O‘zbekistonda ijtimoiy ish faoliyatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi

Hujjat ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi vakolatli organlar faoliyatini belgilaydi.

O‘zbekistonda ijtimoiy ish faoliyatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi

23-iyul kuni “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–1159-son) qabul qilindi. Qonunning asosiy maqsadi ijtimoiy ish sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishdan iborat. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram-kanali xabar berdi.

 

Hujjatga ko‘ra, ijtimoiy ish — ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning imkoniyat va salohiyatini oshirishga ko‘maklashadigan, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamni rivojlantirish orqali jamiyatda ijtimoiy o‘zgarishlarga xizmat qiladigan kasbiy faoliyat hisoblanadi.

 

Qonunda ijtimoiy ish tibbiyot, ta’lim, ijtimoiy himoya, bandlik, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda jazoni ijro etish tizimida tashkil etilishi belgilangan.

 

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi mazkur sohadagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.

 

Qonunga muvofiq, ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam birlamchi, ixtisoslashgan hamda yuqori ixtisoslashgan darajalarga ajratiladi. Ular fuqaroning yashash joyida, mahallasida, xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarda, jumladan, statsionar muassasalarda hamda internet orqali ko‘rsatilishi mumkin.

 

Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish uchun ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs yoki uning qonuniy vakilining murojaati hamda xizmatlarni olishga roziligi asos bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ etib belgilandi.

custom img

5 milliard so‘mlik zarar: xalqaro qidiruvdagi shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

Mazkur shaxs ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.

custom img

Banklarda 461 mlrd so‘mlik firibgarlikning oldi olindi: 18 milliondan ortiq operatsiya cheklandi

O‘zbekistonda 2026-yilning dastlabki 6 oyida zararli dastur aniqlangani sabab 1,28 millionta qurilmada bank ilovalaridan foydalanish cheklangan.

custom img

Angrenda bemor “probasiz” ukol ortidan komaga tushdimi? Holat yuzasidan tekshiruv boshlandi

Tekshiruv yakunlari asosida holatga huquqiy va tibbiy jihatdan baho berilishi ma’lum qilindi.

custom img

«Chiqarilgan hukmdan ozgina noroziman»: tayinlangan jazo yuzasidan sud munosabat bildirdi

Toshkent shahar sudi YPX inspektori o‘limiga sababchi bo‘lgan sudlanuvchiga 2,4 yillik jazo berilgani yuzasidan izoh berdi.

custom img

"Yil o‘qituvchisi" tanlovi: Qoraqalpog‘istonlik pedagog 50 ming dollar mukofotni qo‘lga kiritdi

Respublika bo‘yicha 208 nafar, Qoraqalpog‘istondan esa 17 nafar o‘qituvchi ushbu tanlovda g‘olib deb topildi.

custom img

Toshkent osmonida yorqin obyekt kuzatildi: mutaxassislar dastlabki xulosani berdi

Toshkent osmonida kuzatilgan yorqin obyekt meteor yoki bolid emasligi aytildi. Hodisa Xitoydan uchirilgan raketa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"