O'zbekiston

Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentiga rasmiy tashrif bilan mamlakatga kelishni taklif etdi.

Rejep Tayyip Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

 

Suhbat avvalida Turkiya Prezidenti davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida yangi zafarlar tiladi.

 

Qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani, hamkorlikning yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Tovar ayirboshlash hajmi o‘smoqda, qo‘shma korxonalar soni va muntazam aviaqatnovlar ko‘payib, istiqbolli loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Shuningdek, madaniy-gumanitar tadbirlar ham faol davom etyapti. Jumladan, Xatayda O‘zbekistonga bag‘ishlangan majmualar ochildi, Namangandagi Xalqaro maqom san’ati festivali va Islom sivilizatsiyasi forumida Turkiya tomoni yuqori darajada qatnashdi.

 

Muloqotda oliy darajadagi kelishuvlar doirasida oldinda turgan ulkan reja va maqsadlarni birgalikda ro‘yobga chiqarish masalalariga ham alohida urg‘u berildi.

 

Davlat rahbari Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishni taklif etdi.

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

Xorijiy korxonalar: Toshkent shahri va viloyati yetakchilik qilmoqda

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 22 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan O‘monda bo‘ladi

Masqat shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.