Jahon

Islohotlar bo‘lmasa, 25 yildan keyin Yevropa Ittifoqi yo‘q bo‘ladi — Orban

Vengriya sobiq Bosh vaziri Yevropa Ittifoqi hozirgi holatda o‘zini isloh qila olmayotganini aytib, uning kelajagiga shubha bildirdi.

Islohotlar bo‘lmasa, 25 yildan keyin Yevropa Ittifoqi yo‘q bo‘ladi — Orban

Ruminiyada o‘tayotgan Tusvanyosh yozgi lageridagi dasturiy nutqida so‘zga chiqqan Orban, Yevropa Ittifoqi yaqin yillarda o‘zini yangilay olmasa, boshqa xalqaro tashkilotlar singari yo‘qolib ketishi yoki tubdan o‘zgarishini ta’kidladi. Bu haqda Point.md xabar berdi.

 

“Moslasha olmaydiganlar yo‘q bo‘lib ketadi. Men Yevropa Ittifoqining yo‘qolishini istamayman, ammo bugungi holatida u o‘zini isloh qilishga qodir emasdek ko‘rinadi. Shu sababli uning kelajagini porloq deb hisoblamayman”, dedi u.

 

Orban Yevropa komissiyasi raisi lavozimini egallash taklifiga ham munosabat bildirib, bu lavozimni saqlab qolish emas, balki bekor qilish kerakligini aytdi. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi Komissiyaning vakolatlarini cheklash orqali isloh qilinishi, buning uchun esa “Yevropa uchun Vatanparvarlar” guruhi Bryusselda hokimiyatni qo‘lga olishi lozim.

 

Sobiq Bosh vazirga ko‘ra, Yevropa Ittifoqidagi muammolar 2015-yilda, Jan-Klod Yunker rahbarligi davrida Yevropa komissiyasi huquqiy muvofiqlashtiruvchi organdan siyosiy organga aylangach boshlangan.

 

Orban o‘tgan yili ham Tusvanyosh yozgi lagerida Yevropa Ittifoqi parchalanish xavfi ostida ekanini aytib, uni faqat ko‘p tezlikli integratsiya modeli saqlab qolishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, Viktor Orban joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda 16 yillik boshqaruvdan so‘ng hokimiyatni boy bergan. Shundan so‘ng u tarafdorlarini mamlakatda “demokratiyani tiklash”ga chaqirgan.

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Yevropada 27 ta aviareysga bomba tahdidi kelib tushdi: qiruvchi samolyotlar havoga ko‘tarildi

Hozircha tahdidlar ortida kim turgani aniqlanmagan, biroq hodisalar Rossiyani Yevropadagi gibrid hujumlarda ayblayotgan rasmiylarning xavotirlarini kuchaytirdi.

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Trampning oilaviy biznesidan Oq uydagi qurilishlargacha: demokratlar tekshiruv o‘tkazmoqchi

Demokratlar Kongressda nazoratini qo‘lga kiritgach, AQSh prezidenti, uning oilasi va ma’muriyati faoliyatini bir qator yo‘nalishlarda tekshirishni rejalashtirmoqda.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.