Jahon

Kreml To‘qayevning Ukrainadagi mojaroni muzlatish taklifini rad etdi

Kreml To‘qayevning taklifini amaldagi sharoitda amalga oshirib bo‘lmasligini bildirdi. Rossiya bu boradagi asosiy shart sifatida o‘z maqsadlariga erishishni ko‘rsatdi.

Kreml To‘qayevning Ukrainadagi mojaroni muzlatish taklifini rad etdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Ukrainadagi mojaroni muzlatish taklifiga izoh berdi.

 

Peskovning aytishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin To‘qayev bilan uchrashuvda unga Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaning borishi haqida batafsil ma’lumot bergan.

 

"Kiyevning amaldagi pozitsiyasi hisobga olinsa, mojaroni shunchaki muzlatishning imkoni yo‘q. Biz uchun asosiy shart — o‘z maqsadlarimizga erishish", — dedi Kreml vakili.

 

Uning ta’kidlashicha, jangovar harakatlarni to‘xtatish shartlari bundan ikki yil avval Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan bayon qilingan. Peskovga ko‘ra, agar Kiyev tegishli qarorlarni qabul qilsa, harbiy harakatlar hatto shu kunning o‘zidayoq to‘xtatilishi mumkin.

 

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Omsk shahrida Vladimir Putin bilan uchrashuvda Ukrainadagi mojaroni muzlatish, "Istanbul formulasi 2.0"ga qaytish hamda Rossiya ham ishtirok etadigan yirik davlatlar kafolati ostida tinchlik muzokaralarini davom ettirishni taklif qilgandi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.