O'zbekiston

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Avgust oyidan ayrim oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatilishi mumkin. Bunga oiladagi mehnatga layoqatli shaxslarning rasmiy bandligi asosiy mezon sifatida olinadi.

Qaysi hollarda bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari to‘xtatiladi?

Amaldagi tartibga ko‘ra, "Kambag‘al oila" toifasiga kiritilgan oilalarga 2026-yil fevral oyida tayinlangan bolalar nafaqasi hamda moddiy yordamning 6 oylik muddati avgust oyida yakunlanadi. To‘lovlarning davom ettirilishi yoki to‘xtatilishi oiladagi mehnatga layoqatli a’zolarning bandligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, agar oiladagi mehnatga layoqatli shaxs oxirgi olti oy davomida rasmiy ishlamagan yoki Bandlik xizmatlari tomonidan taklif etilgan mos ishni ikki marta yoki undan ko‘p rad etgan bo‘lsa, bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lovlari keyingi oydan boshlab to‘xtatiladi.

 

To‘lovlarning uzluksiz davom etishi uchun mehnatga layoqatli oila a’zosi quyidagi holatlardan biri orqali rasmiy bandligini tasdiqlashi lozim:

 

  • mehnat shartnomasi asosida rasmiy ishga joylashish;
  • yakka tartibdagi tadbirkor (YATT) sifatida ro‘yxatdan o‘tib, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash;
  • o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan ijtimoiy soliqni to‘liq to‘lash.

 

Mutasaddilar bolalar nafaqasi va moddiy yordam davlat tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilishini, shu bois mehnatga layoqatli oila a’zolarining rasmiy bandligini ta’minlash muhim ekanini eslatdi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.