Jinoyat

Tailanddan O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarga narkotik olib o‘tgan transmilliy jinoiy tarmoq fosh etildi

Tezkor tadbirlar davomida jami 34,58 kilogramm narkotik modda musodara qilinib, ularni qabul qilib olishi va qayta ishlashi kerak bo‘lgan shaxs ham qo‘lga olindi.

Tailanddan O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarga narkotik olib o‘tgan transmilliy jinoiy tarmoq fosh etildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Tailanddan dunyoning turli shaharlari orqali O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarga giyohvandlik vositalarini noqonuniy olib kirish bilan shug‘ullangan transmilliy jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

 

Ma’lum qilinishicha, jinoiy sxema ijtimoiy tarmoqlarda "Ramzan" taxallusi bilan tanilgan shaxs tomonidan boshqarilgan. Guruh Tailanddan narkotik moddalarni yetkazib berishni muvofiqlashtirib, bojxona nazoratini chetlab o‘tish uchun murakkab logistika va niqoblash usullaridan foydalangan.

 

Tergov materiallariga ko‘ra, kontrabanda uchun asosan O‘zbekistonga ilk bor kelayotgan qo‘shni davlat fuqarolari tanlangan. Narkotik moddalar quruq sut, ziravorlar, shokolad pastasi, ketchup, shampun va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari qadoqlariga yashirilgan.

 

2024-yil 4-iyun kuni Phuketdan uchib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi bagajida quruq sut va ziravorlar qadoqlariga joylashtirilgan 7 kilogramm 180 gramm mefedron sintetik giyohvandlik vositasini olib kirishga uringan vaqtida ushlandi.

 

Keyinchalik jinoiy guruh to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali narkotik olib kirish xavfli ekanini anglab, uchinchi davlatlar orqali tranzit yo‘nalishlardan foydalanishga o‘tgan.

 

Joriy yilning 4-iyul kuni Bangkok–Vyetnam–Seul–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan yana bir yo‘lovchi bagajida 11 kilogramm 100 gramm gashish moyi aniqlangan. Yo‘lovchi tezkor kuzatuv ostida Chilonzor tumanidagi avtovokzalgacha kuzatilib, uning yuklari tekshirilganda narkotik moddalar shokolad pastasi, shampun, ketchup va ziravorlar qadoqlariga yashirilgani ma’lum bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yuk tranzit tarzida Qozog‘istonga olib chiqilishi rejalashtirilgan.

 

12-iyul kuni esa Bangkok–Sharja–Toshkent yo‘nalishi orqali kelgan yo‘lovchining bagajidan oziq-ovqat qadoqlari ichiga yashirilgan qariyb 4,5 kilogramm mefedron musodara qilindi.

 

Transmilliy guruhning navbatdagi urinishiga 15-iyul kuni chek qo‘yildi. Bangkok–Dehli–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan yo‘lovchining bagajidagi oziq-ovqat mahsulotlari va shampun idishlari ichidan 11 kilogramm 860 gramm gashish moyi topildi. Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu narkotik yukning yakuniy qabul qiluvchisi ham aniqlandi.

 

Yunusobod tumanida manzil havola usulida qoldirilgan 11,86 kilogramm gashish moyini olib ketishga kelgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchi gashish moyini boshqa moddalar bilan qayta ishlab, tayyor mahsulotni "zakladka" usuli orqali Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tarqatishi, keyinchalik esa qo‘shni davlatlarga olib chiqilishi uchun tayyorlashi lozim bo‘lgan.

 

Tezkor tadbirlar yakunida transmilliy jinoiy guruh tomonidan Tailanddan O‘zbekiston va qo‘shni davlatlarga yetkazilishi rejalashtirilgan jami 34,58 kilogramm narkotik modda musodara qilindi. Shundan 11,62 kilogrammi mefedron, 22,96 kilogrammi esa gashish moyi ekani ma’lum qilindi. Holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

custom img

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

custom img

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"