O'zbekiston

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Daraxtlarda bir nechta zararkunanda turlari aniqlangani ma’lum qilindi.

Yunusoboddagi zararlangan daraxtlarni sog‘lomlashtirish ishlari boshlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumani "Billur" mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylar yonida o‘sayotgan daraxtlarning kasallangani haqida murojaat tarqalgach, holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi nazoratiga olindi.

 

Shundan so‘ng Toshkent shahar ekologiya bosh boshqarmasi, O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi hamda Toshkent shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassislari hududda o‘rganish olib bordi.

 

O‘rganish natijasida hududdagi chinor daraxtlarida bir necha turdagi zararkunandalar aniqlangan. Mutaxassislar daraxtlarni zararkunandalardan xalos etish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqib, sog‘lomlashtirish ishlarini boshlagan.

 

Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining Yunusobod tumani fitosanitariya nazorati inspektori Azizxo‘ja Hamroxo‘jayevning aytishicha, ayni paytda daraxtlarga ishlov berish va ularni zararkunandalardan himoya qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 

Qayd etilishicha, "O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning 13-moddasiga muvofiq, o‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni belgilash davlat o‘simliklar karantini inspektorlari vakolatiga kiradi.

 

Murojaat muallifi Aleksey Meng mutaxassislar murojaatdan so‘ng tezkor ravishda hududga kelib, daraxtlarni davolash ishlarini boshlaganini bildirib, buning uchun minnatdorlik izhor etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, daraxtlarning ildiz tizimini mustahkamlash va ularni tiklash bo‘yicha davolash ishlari olib borilmoqda.

 

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi daraxtlarga shikast yetkazish, ularni zararlash yoki noqonuniy kesish holatlari qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatdi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.