Jinoyat

Misrda qo‘lga olingan "Jora Tashkentskiy" O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Jinoyat olamida "Jora Tashkentskiy" nomi bilan tanilgan Georgiy Sorokin tovlamachilik va boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Misrda qo‘lga olingan "Jora Tashkentskiy" O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Ichki ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, jinoyat olamida "qonundagi o‘g‘ri" ("vor v zakone") sifatida tanilgan Georgiy Sorokin Misrning Sharm ash-Shayx shahrida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Georgiy Sorokin 1972-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Rossiya fuqarosi bo‘lib, so‘nggi yillarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashab kelgan.

 

Sorokin ilk jinoyatini 1990-yilda, 18 yoshida sodir etgan va yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Shundan buyon u O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlarda bosqinchilik, talonchilik, tovlamachilik, noqonuniy qurol hamda giyohvand moddalarni saqlash kabi jinoyatlar uchun bir necha bor sudlangan.

 

Shuningdek, uning yonidan qalbaki Rossiya pasporti topilgani, ushbu hujjat yordamida uzoq yillar davomida turli davlatlarga qatnab yurgani aniqlangan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Sorokin 2021-yilda jinoiy sheriklari bilan oldindan til biriktirib, Toshkent shahrida umumiy qiymati 350 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan ikki uyni tovlamachilik yo‘li bilan egallab olgan. Gumonlanuvchilar uy egasiga va uning oila a’zolariga nisbatan zo‘ravonlik ishlatib, ko‘chmas mulkni o‘z nomlariga rasmiylashtirgani aytilmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan Georgiy Sorokinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u xalqaro qidiruvga berilgan.

 

IIVning bildirishicha, O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda Interpol o‘rtasidagi hamkorlik natijasida u Misrda ushlanib, barcha xalqaro huquqiy tartib-taomillar yakunlangach, Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilgan.

 

Hozirda Georgiy Sorokin O‘zbekiston hududiga olib kelingan bo‘lib, unga nisbatan jinoyat ishi doirasidagi tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

custom img

Chiroqchida maktab direktori qo‘shimcha dars soatlari evaziga pora olgani uchun 2 yilga qamaldi

O‘qituvchi direktorga 50 dollar bergach, holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Tezkor tadbirda direktor qo‘lga olingan.

custom img

Buxoroda talaba qizga shahvoniy shilqimlik qilgan tyutor qamaldi

Talaba qiz sudda ular o‘rtasida avval hech qanday kelishmovchilik bo‘lmaganini aytib, tyutorga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

custom img

Toshkentda internet-narkodo‘kon kuratori salkam 10 kg giyohvandlik vositasi bilan ushlandi

Fuqaro avval ham Jinoyat kodeksining ikki moddasi bilan sudlangan.

custom img

“Hududgaz Qoraqalpog‘iston”da 251,5 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Holat yuzasidan mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkentda 3 yoshli o‘g‘liga zo‘ravonlik qilgan ona ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U o‘g‘liga uxlatuvchi dori berib, uni qarovsiz qoldirib kelgani aniqlandi.

custom img

Toshkentda “Izzat Nazarbek” laqabli shaxs qo‘lga olindi

U bir necha fuqarodan qo‘rqitish va zo‘ravonlik orqali yirik miqdorda pul talab qilgan. Tezkor tadbir davomida undan ikki dona to‘pponcha va o‘q-dorilar ham aniqlangan.

custom img

Farg‘onada “Mansur Kazanskiy” laqabli shaxs tovlamachilikda gumonlanib ushlandi

Aripov Mansur noturar joyni avval o‘z nomiga rasmiylashtirib, keyinchalik uni asl egasiga qayta rasmiylashtirib berish evaziga 200 ming dollar talab qilgan.

custom img

Rossiyada terakt rejalashtirgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan surxondaryolik 4 yigit qamaldi

Tergovda ularning aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatgani va yangi a’zolarni guruhga jalb qilgani aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"