Jahon

Nigeriyada qishloqqa uyushtirilgan hujumda kamida 30 kishi halok bo‘ldi

Hozircha hujum uchun hech bir qurolli guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Nigeriyada qishloqqa uyushtirilgan hujumda kamida 30 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyaning shimoli-g‘arbidagi Kaduna shtatida qurollangan shaxslar qishloqqa hujum uyushtirdi. Oqibatda kamida 30 kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi.

 

Mahalliy aholi vakillarining ma’lum qilishicha, hujum yarim tunga yaqin Kauru mahalliy boshqaruv hududidagi Naridon qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Qurollangan shaxslar qishloqqa bostirib kirib, aholiga qarata tartibsiz o‘q uzgan va uylarni yoqib yuborgan.

 

Qishloq oqsoqolining kotibi Dogon Rana halok bo‘lganlar orasida sakkiz nafar bola ham borligini ma’lum qildi. Yoshlar yetakchisi Ishaya Davaning aytishicha, ayrim qurbonlar shafqatsizlarcha o‘ldirilgan, jasadlar esa morgga olib ketilgan.

 

Hozircha hujum uchun hech bir qurolli guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

 

Qayd etilishicha, Nigeriyaning shimoli-g‘arbiy va markaziy hududlarida qurolli jinoiy to‘dalar hujumlari tez-tez sodir bo‘lib turadi. Mamlakatning shimoli-sharqida esa hukumat "Boko Haram" va undan ajralib chiqqan ISWAP guruhi isyonchilariga qarshi kurash olib bormoqda.

 

Mahalliy aholi so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari voqea joyiga hujum sodir bo‘lganidan bir necha soat o‘tib yetib kelgan.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"