O'zbekiston

O‘zbekistonda avgust quruq va issiq boshlanadi, oy oxirida salqin tushishi kutilmoqda

Oyning dastlabki kunlarida ayrim hududlarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tarilishi, oy oxiriga borib esa 25–30 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda avgust quruq va issiq boshlanadi, oy oxirida salqin tushishi kutilmoqda

"O‘zgidromet" O‘zbekistonda 2026-yil avgust oyi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

 

Prognozga ko‘ra, avgust oyining ilk kunlarida respublika bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo kuzatiladi. Xususan, 1–2-avgust kunlari havo harorati 38–41 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarda esa 42–43 darajagacha ko‘tariladi.

 

Shundan so‘ng harorat 3–5 darajaga pasayib, kunduz kunlari asosan 33–38 daraja atrofida, ayrim hududlarda 40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Oy oxiriga kelib esa salqin havo oqimlari kirib kelishi hisobiga harorat asta-sekin 25–30 darajagacha pasayishi mumkin.

 

Meteorologlarning ma’lum qilishicha, avgust oyining o‘rtacha oylik harorati ko‘p yillik me’yorlarga yaqin bo‘ladi. Kechalari oyning birinchi yarmida havo harorati 24–27 daraja, ikkinchi yarmida 17–22 daraja, oy yakunida esa 12–15 darajagacha pasayishi prognoz qilinmoqda.

 

Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan ko‘proq, ayrim hududlarda esa me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Biroq mutaxassislar avgust oyida yog‘ingarchilik me’yori odatda juda kam bo‘lishini eslatdi.

 

Prognozga ko‘ra, oyning ikkinchi yarmida ayrim kunlari qisqa muddatli, kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

 

"O‘zgidromet"ning qayd etishicha, avgust O‘zbekistonda yilning eng qurg‘oqchil oylaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda esa global iqlim o‘zgarishi ta’sirida avgust oyining o‘rtacha harorati 1961–1990-yillar bilan solishtirganda 1,2–1,5 darajaga oshgan.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.