O'zbekiston

Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb etiladi

Tizim dastlab Andijon viloyatida joriy etiladi.

Suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektor jalb etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

 

Yig‘ilishda qayd etilishicha, hozirda tabiiy gaz yetib bormaydigan 1 916 ta mahalla mavjud. Mas’ullarga uch oy muddatda ushbu hududlarda isitish tizimini elektr energiyasiga o‘tkazish uchun zarur infratuzilma va qo‘shimcha elektr quvvati bo‘yicha hisob-kitoblarni tayyorlash topshirildi. Shuningdek, birinchi navbatda moliyalashtirilishi zarur bo‘lgan mahallalar uchun alohida dastur ishlab chiqiladi.

 

Bugungi kunda mamlakat bo‘yicha 3,7 million xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. So‘nggi yillarda tizim raqamlashtirilgan bo‘lsa-da, gazni o‘z vaqtida yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolayotgani ta’kidlandi.

 

Shu munosabat bilan suyultirilgan gaz yetkazib berishga xususiy sektorni jalb etish va bu amaliyotni Andijon viloyatida yo‘lga qo‘yish taklifi ma’qullandi.

 

Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatida joriy yilning olti oyida rejalashtirilgan 48 ming tonna o‘rniga 41 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. Natijada 318 ta mahallada ta’minot belgilangan jadvaldan ortda qolgan.

 

Yangi tartibga ko‘ra, tadbirkorlar o‘zlari import qilgan yoki birja orqali xarid qilgan suyultirilgan gazni aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazib berishi mumkin bo‘ladi. Yil boshidan buyon xususiy sektor tomonidan 157 ming tonna suyultirilgan gaz import qilingan.

 

Shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga suyultirilgan gaz xarajatlari uchun subsidiya ajratiladi. Yil yakuniga qadar bu yo‘nalishda "Andijon tajribasi"ni shakllantirish rejalashtirilgan. Yig‘ilishda yil yakuniga qadar suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni rejalashtirilgan 520 ming tonnadan 606 ming tonnagacha oshirish vazifasi ham belgilandi.

 

Bundan tashqari, aholining ehtiyojidan kelib chiqib, turli sig‘imdagi gaz ballonlaridan foydalanish imkoniyatlarini joriy etish masalasi ko‘rib chiqildi. 

 

Hozirda gaz asosan 20 kilogrammli ballonlarda yetkazib berilayotgan bo‘lsa, ayrim xonadonlar uchun 5–6 kilogramm, boshqalari uchun esa 30–40 kilogramm sig‘imli ballonlar maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.

 

Prezident topshirig‘iga muvofiq, suyultirilgan gazni tashish, saqlash va tarqatish tizimi bir oy muddatda xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqiladi.

custom img

Butunjahon tozalik kuni: O‘zbekistonda plogging aksiyasi o‘tkaziladi

Aksiya 19-sentyabr kuni barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

custom img

202 davlat, 2 mingdan ortiq shaxmatchi: Samarqand bugun shaxmat olamini qarshi oldi

Tashkilotchilar Olimpiadani shaxmat tarixidagi eng yirik musobaqa sifatida qayd etmoqda.

custom img

Vertolyotlar orqali nazorat: 70 kg giyohvandlik o‘simliklari yo‘q qilindi

Tadbir davomida Andijon, Samarqand va Buxoro viloyatlarida marixuana saqlash hamda kannabis yetishtirish bilan bog‘liq bir nechta holat aniqlandi.

custom img

Toshkent avtobuslarida rekord: bir kunda 1,5 mln yo‘lovchi

Toshkentda 170 ta avtobus yo‘nalishi mavjud.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi

Aeroportda Prezident va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Buxorodagi reydda 211 ta jarimasi bor mashina topildi

Haydovchining 137 mln so‘mlik maʼmuriy jarimasi bo‘lgan.

custom img

“Madaniy merosning millati bo‘lmaydi”: Agentlik Alisher Qodirovning bayonotiga javob berdi

Madaniy meros agentligi Bobur ko‘chasidagi obyektning tarixiy qiymatini ta’kidlab, uni saqlash masalasida qonun va ekspertizaga tayanilishini bildirdi.

custom img

Andijonda 900 xil dori vositalari yo‘q qilindi

Maʼlum bo‘lishicha, ular belgilangan talablarga javob bermaydi va isteʼmolga yaroqsiz hisoblanadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"