Jahon

Isroil AQSh yordamisiz omon qololmaydi — Tramp

Amerika prezidenti, avvalo, Eron atrofidagi vaziyatni nazarda tutganini ta'kidladi.

Isroil AQSh yordamisiz omon qololmaydi — Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning xavfsizligi Amerika Qo‘shma Shtatlari yordami bilan chambarchas bog‘liq ekanini ta’kidladi.

 

Vashingtondan Michigan shtatiga yo‘l olgan samolyotda jurnalistlar bilan muloqot qilgan Tramp:

“Bilasizmi, bizsiz kim omon qolmaydi? Isroil,” — dedi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu fikr, avvalo, Eron atrofidagi vaziyat bilan bog‘liq.

 

“Agar men bu masalani hal qilmaganimda, yaqinda yadroviy qurolga aylanishi mumkin bo‘lgan obyektlarni yo‘q qilmaganimda, Isroil bir necha oy oldin yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lardi. Yillar oldin esa Obamaning dahshatli yadroviy kelishuviga chek qo‘ymaganimda ham shunday bo‘lardi,” — dedi AQSh prezidenti.

 

Tramp shu orqali Pentagon tomonidan 2025-yil iyun oyida Isfahon, Natanz va Fordodagi Eron yadroviy obyektlariga berilgan zarbalarni hamda AQShning 2018-yilda 2015-yilda imzolangan Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasidan (JCPOA) chiqish qarorini nazarda tutganini bildirdi.

custom img

Janubiy Koreyada mina portladi: uch harbiy xizmatchi jarohatlandi

Hodisa Janubiy Koreya harbiylari chegara hududida qidiruv ishlarini olib borayotgan paytda yuz bergan.

custom img

“Yangi nishonlar va yangi qurollar”: Eron AQShga javob zarbasi bilan tahdid qildi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili AQSh yangi hujum boshlasa, avval nishonga olinmagan obyektlarga yangi qurollar bilan zarba berilishini ma’lum qildi.

custom img

O‘rmon yong‘inlari xavfi: Fransiyaning uchta departamentida qizil daraja e’lon qilindi

Havoning quruqligi va sekundiga 15 metrgacha bo‘lgan shamol yong‘inlar tarqalishi xavfini oshirmoqda.

custom img

Yaqin Sharqdagi keskinlik: AQSH fuqarolarini ogohlantirdi

AQSH elchixonalarining ogohlantirishi Yamandagi husiylar va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi qarama-qarshilik kuchayishi ehtimoli fonida berildi.

custom img

99,85 foiz ovoz: Ramzan Qodirov Checheniston rahbari etib qayta saylandi

Checheniston rahbarligi uchun qolgan 2 nomzod 0,05 foizdan ovoz olgan.

custom img

Tokioda tayfun xavfi: 524 ta reys bekor qilindi

Dujuan tayfuni sabab Tokioda aviaqatnovlardan tashqari poyezd va parom qatnovlari ham cheklanmoqda.

custom img

“Bu uchrashuv ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin” — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Donald Tramp bilan Nyu-Yorkda uchrashadi.

custom img

Shifokorlar qarimoqda: JSST 2030-yilga borib tibbiyot xodimlari tanqisligidan ogohlantirdi

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 122 mamlakatdagi har to‘rtinchi shifokor 55 yoshdan katta.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"